Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 18:47

Mahalla kotibi: Prokuror onadan haqorat qildi


Angor tumanidagi 2-sektor shtabi

Surxondaryo viloyat prokuraturasining Angor tuman 2- ijtimoiy-iqtisodiy sektorini o‘rganishga yuborilgan prokurori Muzaffar Mamatmurodov ikki mahalla oqsoqoli va kotibini 25 aprel kuni ko‘pchilikning oldida qattiq haqorat qildi.

Bu haqda Ozodlikka arz qilgan mahalla kotibiga ko‘ra, ish kiyimida bo‘lgan prokuratura mulozimi, hech qanday ayb bildirmasdan, ularni bo‘ralab so‘kkan va uning haqoratiga e’tiroz bildirgan kotibga qamatish bilan tahdid qilgan.

Prokuror mahalla kotibi va oqsoqolini haqorat qilganini tan olmadi.

Прокурор маҳалла оқсоқоли ва котибни онасидан ҳақорат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Angor tumanining prokuror nazoratidagi ijtimoiy-iqtisodiy 2-sektoriga chaqirtirilgan Oxunboboev mahallasi kotibi, 30 yashar Erkin Gapparov va Novshahar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, 50 yashar Xo‘jamurod Rahmonberdiev 25 aprel kuni viloyat prokuraturasi mulozimi Muzaffar Mamatmurodov tomonidan qattiq haqorat qilinganini iddao qilayotganlardan biri - Erkin Gapparov xabar qildi.

Uning aytishicha, bu voqea ko‘pchilikning oldida sodir bo‘lgan:

- Novshahar mahalla raisi Xo‘jamurod aka bilan birga bordik. 2-sektor binosi oldida viloyat prokuraturasidan kelgan Muzaffar Mamatmurodov, tuman mahalla jamg‘armasi mulozimi Abduzoir aka, o‘sha mahalla uchastka noziri birga turishgan ekan. Biz salom berdikda, yonlaridan o‘tib ketayotgan edik, bir vaqt orqamizdan “hey k...tlar, qaerga boryapsizlar”, degan ovoz eshitildi. Orqaga qarasam, prokuratura mulozimi bizga gapirayotgan ekan. To‘xtab, qayrildik. Mamatmurodov menga, “kim bo‘lib ishlaysan”, dedi. Men “kotibman”, desam, “he onasini s... o‘sha raisingni, sen k...tlarni” deb so‘kib ketdi, - dedi mahalla kotibi.

Erkin Gapparov shundan keyin mulozimning haqoratiga e’tiroz bildirishi ortidan yanada qattiq tahdidga uchraganini iddao qildi:

- "Aka og‘zingizga qarab gapiring, haqorat qilmang", dedim. Shunda u xuddi urmoqchi bo‘lganday oldimga kelib, “nima deyapsan jo‘jaxo‘roz”, dedi. Men "olsangiz ishingizni olasiz, men haqorat eshitgani kelmaganman", dedim. Qayrilib ketayotsam, yana u “hey k...tvachcha bu yoqqa o‘t, ichkari kir”, dedi. Men unga “ishlamayman ham, kirmayman ham” dedim, dedi Erkin Gapparov.

Kotibning aytishicha, shundan so‘ng prokuratura mulozimi uchastka noziriga uni qamash to‘g‘risida topshiriq bergan:

- Meni ichkariga olib kirishdi. Keyin Muzaffar Mamatmurodov keldi-da, hamma chiqib ketsin, dedi. Ikkimiz qoldik. Menga aytdiki, qaerga yozsang yoz, lekin hozir menga prezident qaroriga bo‘ysunmadim deb yoz, dedi. Men aytdimki, men o‘z ishimni qilyapman, lekin prezidentga meni haqorat qilganingiz haqida aniq yozaman, dedim. Keyin u sal bo‘shashdi-da, chiqib ketdi, dedi Erkin Gapparov.

Novshahar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xo‘jamurod Rahmonberdiev ham prokuratura mulozimi ularni haqorat qilganini aytdi:

“Biz salom berib o‘tib ketayotgan edik, prokuratura mulozimi birdan shunday “k...t”lar deb haqorat qildi. Keyin u bilan Erkin tortishib qoldi. Yoshim ham ellikdan oshdi, o‘zingdan ancha yosh odamdan bunaqa haqorat eshitish odamga alam qiladi ekan”, dedi mahalla oqsoqoli.

Erkin Gapparov viloyat prokuraturasi mulozimi Muzaffar Mamatmurodovning uni haqorat qilgani haqida viloyat hokimining qabulxonasiga ariza qoldirgan va uning shikoyati ro‘yxatga olingani haqida 26 aprel kuni SMS olgan.

Ozodlik viloyat prokuraturasi mulozimi Muzaffar Mamatmurodovning o‘zi bilan bog‘lanib “nega mahalla oqsoqoli va kotibini” haqorat qilganligi haqida so‘radi.

Muzaffar Mamatmurodov Ozodlik muxbiridan gap kim haqida ketayotganini ham so‘ramasdan, birdaniga “men hech kimni haqorat qilganim yo‘q”, dedi va bu gapni bir necha bor takrorladi.

Ozodlik “nega unday deyapsiz, gap kim haqida ketayotganini so‘ramadingiz ham”, degan savolidan so‘ng, men “majlis qilyapman, vaqtim yo‘q”, dedi va aloqani uzdi.

Ozodlikning aniqlashicha, Muzaffar Mamatmurodov viloyat prokuraturasining 17-bo‘limi prokurori vazifasida ishlaydi va Angor tumaniga xizmat safari bilan yuborilgan.

2017 yilning yanvar oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Mirziyoev O‘zbekiston prokuraturasini "repressiya organi" deb atagan va bu tizimning "yaroqsiz" bo‘lib qolganini aytgan edi. "Prokuratura faqat jazolaydigan repressiya organi bo‘lib qolmasligi, aksincha fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda himoya qiladigan tizimga aylanishi zarur", deb ta’kidlagan edi.

O‘tgan yilning 2 avgust kuni Shavkat Mirziyoev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida prokurorlar va ularning faoliyatini yana qattiq tanqid qilgan edi.

Prezident “eski axlat tizimi”dan qolgan prokurorlarning o‘zlari "eng katta o‘g‘ri" ekanligini ta’kidlar ekan, agar halol ishlamasa, almashtirishdan keyin qolgan prokurorlarni ham ishdan chetlatishini aytgandi.

O‘tgan yilning 22 dekabr kuni Mirziyoev Oliy Majlisga to‘rt soatlik Murojaati davomida madaniyatsiz hokimlarni tanqid qilar ekan, ularni nazarda tutib, jumladan bunday degan edi:

“Odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Kechirasiz, madaniyatsiz gaplar bilan majlislar o‘tkazib, odamlarni haqorat qilib… Kim ularga huquq berdi? Hokimga kim huquq bergan birovni haqorat qilishga? Kim? Hammalaring bilinglar, undaqa bilan (ya’ni odamlarni haqorat qilish bilan – tahr.) birontalaring ertangi kunda ishlamaysizlar, degan edi prezident.

O‘zbekiston va xalqaro hayotga oid eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli foto-video tasvirlarni Ozodlikning Instagram sahifasida kuzating!

XS
SM
MD
LG