Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 15:58

OzodDayjest: Qashqadaryoda oshxonalarga it va eshak go‘shti tarqatgan “tadbirkor” qo‘lga olindi


Farzandi bilan 9 yildan beri ko‘chada yashayotgan ayolga mutasaddilar yordam bermayapti. Chaqaloq o‘limida ayblangan shifokorga hukm o‘qildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Qashqadaryoda oshxonalarga it va eshak go‘shti tarqatgan shaxs mahkamaga tortildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi Izzatilla Sohibov oshxonalarga it va eshak go‘shtini tarqatib kelgani aniqlandi (“Darakchi”, 3 may).

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining ochiq majlisida ko‘rib chiqilgan. 62 yoshli I.Sohibov odamlardan kasallangan va o‘lgan mol, it va eshak go‘shtini arzon-garovga olib, Qarshi shahridagi oshxona va choyxonalarda mo‘may pulga sotgan.

Mahkama jarayonida I.Sohibov iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi mahsulot tarqatishda ayblangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi raisi Anvar Elmurodov sudlanuvchiga 8 million 612 ming so‘m jarima tayinlagan. Sudya A.Elmurodovga ko‘ra, I.Sohibov aybiga iqrorligi, pushaymonligi, nafaqaxo‘rligi bois unga shunday yengil jazo tayinlangan.

Farzandi bilan 9 yildan beri ko‘chada yashayotgan yolg‘iz onaga ko‘mak lozim

Zangiotada tug‘ilib o‘sgan Mehriniso Omonova 9 yoshli farzandi bilan ko‘chada yashashga majbur bo‘lmoqda (“Oila davrasida”, 3 may).

Ayol pista, qurut kabi mayda-chuydalar sotadi, ammo topgan daromadi o‘zi bilan o‘g‘lining qornini to‘yg‘azishga arang etadi. Allaqachon o‘qish yoshiga yetgan Baxtiyor Omonovni maktablar qabul qilmayapti, sababi ona va bolaning muqim yashaydigan joyi yo‘q. Eri esa elektr toki urishidan halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 yilcha avval Mehriniso Omonovaning akasi uni qo‘rqitib, ota-onalaridan qolgan uy-joyga merosxo‘rlikdan voz kechish haqidagi hujjatga imzo chektirib olgan.

To‘qqiz yildan beri farzandi bilan boshpanasiz, sarson-sargardon yurgan ayolga, qayta-qayta murojaat qilganiga qaramay, hech bir mutasaddi tashkilot, hech bir rahbar yordam bermayotir. Mahalla-ko‘y Mehriniso Omonovani engiltaklik, dangasalik kabi illatlardan uzoqda, deb ta’riflagan.

Chaqaloq o‘limida ayblangan shifokorga hukm o‘qildi

Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida pediatr sifatida faoliyat yuritgan Akmal Xo‘jaqulov loqaydligi ortidan go‘dak o‘limiga sabab bo‘ldi (“Huquq”, 3 may).

A.Xo‘jaqulov ishlayotgan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga og‘ir ahvoldagi go‘dak, tug‘ilganiga bir oy ham bo‘lmagan Muhammad Rashidov olib kelingan. Shifokor zudlik bilan chaqaloqni tekshirib, jarrohlik amaliyot o‘tkazishi lozim bo‘lgan. Ammo u ichida qon va yiring yig‘ilib, yashash uchun kurashayotgan go‘dakka o‘ta loqayd munosabatda bo‘lgan. Shu tariqa go‘dak 11 kun e’tiborsiz qolib ketgan.

Keyinroq operatsiya qilinganida esa qornidan bir litrga yaqin yiring chiqqan. Ammo vaqt yo‘qotilgan edi. Shifoxonaga keltirilganiga bir oy bo‘lganida go‘dak vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida o‘tgan majlisda shifokor A.Xo‘jaqulov aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. A.Xo‘jaqulov 1 yilu 6 oy muddatga shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

XS
SM
MD
LG