Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 16:00

Kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi mulozimlari ustidan jinoyat ishi ochildi


Illyustratsiya
Illyustratsiya

Jinoyat ishi ochilishiga 18 yashar kikboksingchi Sanjar Salimovning o‘limi asos bo‘lgani aytilmoqda.

Shu yilning 30 aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limining mansabdor shaxslari ustidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda “Ozodlik”ka nomini ochiqlamaslik sharti bilan mahalliy advokatura vakili xabar berdi.

Ozodlikda bu xabarning rasmiy tasdig‘i yo‘q. O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limidan ham ma’lumot olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

Mahalliy advokatura vakiliga ko‘ra, shu yilning 21 aprelida Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam markazida vafot etgan 18 yashar kikboksingchi Sanjar Salimovning o‘limi mazkur jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan. U shu yilning 14 aprelida Toshkentdagi JAR sport saroyida o‘tkazilgan musobaqada tan jarohati olib, shfoxonaga keltirilgan.

“2000 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumani Sebzor dahasida istiqomat qilgan Salimov Sanjar Sarvar o‘gli markazimizning reanimatsiya bo‘limiga bo‘limiga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi, bosh miya pardalari va to‘qimalariga qon kuyilishi” tashxisi bilan hushsiz holatda olib kelingan. U tibbiy muolajalarga qaramasdan 2018 yil 21 aprel kuni shu shifoxonada vafot etdi” dedi RShTTYoM vakili “Ozodlik” bilan suhbatda.

Ozodlik manbasining aytishicha, jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi bu xildagi musobaqalarni qonunga zid ravishda o‘tkazib kelgan. Murabbiylar va hakamlarda tegishli malakaga oid litsenziyalar, musobaqa nizomlariga oid normativlar bajarilmagan. Shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilishda qator qonunbuzarliklarga yo‘q qo‘yilgan.

“Ma’lumotlar shu yilning 14 aprelida o‘tkazilgan musobaqani tashkil etishda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilgani, ishtirokchilarning chuquq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagani va ota-onalarning roziligi olinmaganini ko‘rsatdi. Sportchilarga qonunga zid ravishda sog‘lig‘i va hayoti sug‘urtalangan polislar bo‘lmagani, sulya va murabbiylarning malakaga oid litsenziyalari mavjud emasligi aniqlangan” dedi tergovga yaqin manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov natijalariga qarab, O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi faoliyati yuzasidan JKning boshqa moddalari bilan ham ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

Ozodlik manbasi mazkur jinoyat ishi doirasida O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasining javobgarlikka tortilgan shaxslari nomini oshkor qilmadi.

XS
SM
MD
LG