Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 03:02

Toshkentda 16 yashar o‘quvchi o‘z uyida osilgan holda topildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda ayollar o‘rtasida suiqasd holatlari soat sayin ortayotganini aytgandi.

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 69-o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi N. O. 3 may kuni o‘z uyida osilgan holda topildi. U o‘zini osgani gumon qilinmoqda. Qiz o‘limi oldidan onasi va singlisiga “meni kechiringlar, yaqinda uchrashamiz”, degan mazmunda xat ham qoldirgan. 16 yoshli qizning nega o‘z joniga qasd qilgani sababi ma’lum emas.

Ozodlik muxbiri Toshkent shahrida yuz bergan fojea tafsilotlarini aniqlash uchun 69-o‘rta maktabga qo‘ng‘iroq qildi.

Maktabning ma’naviyat va ma’rifat masalalariga mas’uli o‘quvchi qiz o‘zini osganidan butun maktab junbushga kelganini aytdi.

- A’lochi, faol qiz edi. Nimaga bunaqa qilganini hech tushunmayapmiz. U o‘zini o‘ldirishidan oldin, ikki kun maktabga kelmadi. Telefon qilsak, ota-onasi betob deb aytishdi. Payshanba kechqurun u o‘zini osgani haqida xabar topdik, - dedi maktab mas’uli.

69-o‘rta maktabning Ozodlik suhbatlashgan o‘qituvchilaridan yana biri N.da hech qachon tushkun kayfiyat kuzatmaganini aytdi.

- Doim hushchaqchaq qiz edi. Nimaga bunaqa bo‘lganiga hayronmiz, - deydi o‘qituvchi.

Toshkentning Yashnobod tuman Ichki ishlar bo‘limi mulozimi Ozodlikka N. O.ning o‘limi yuzasidan tergov olib borilayotgani va tergov vajidan bu haqda ma’lumot berolmasligini aytdi.

Qo‘shnilaridan birining aytishicha, N. O. oilada to‘rtta qizning biri bo‘lgan, shu kuni u uyida yolg‘iz qolgan.

- Shu kuni uyida bitta o‘zi bo‘lgan. Ukalariga xat yozgan. O‘zini osishidan oldin onasiga qo‘ng‘iroq qilib “oyijon, endi hayrlashamiz” degan. Onasi “ToshMi”da ishlaydi. Hayron bo‘lib uyiga yugurgan. Kelsa qizini sirtmoqqa osilgan xolda ko‘rgan, - dedi fojia ro‘y bergan xondonning qo‘shnisi.

O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turadi.

O‘tgan oy Yangiyo‘l tumani, Navoiy mahallasi, Nihol ko‘chasida Yangiyo‘l iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan qiz oshxona to‘siniga o‘zini osgan va qiz vafot etgan edi.

O‘tgan yil aprel oyida Samarqandda 63 yoshli hamqishlog‘i zo‘rlagan 17 yoshli qiz o‘zini osgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda ayollar o‘rtasida suiqasd holatlari soat sayin ortayotganini aytgandi.

Mirziyov o‘z qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 70 foizi ayollarga tegishli ekanligini ta’kidlagan.

Prezident Xotin-qizlar qo‘mitasi nima ish qilishni bilmayotganini aytib, bunday tizimning kerakligini savol ostiga qo‘ygandi.

XS
SM
MD
LG