Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:58

Putin to‘rtinchi marta prezident sifatida qasamyod keltirdi


V.Putin qasamyod paytida
V.Putin qasamyod paytida

Bugun Moskvada 4- marta Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putinning o‘z vakolatlarini bajarishga kirishishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Kun yarmida bo‘lib o‘tgan inauguratsiyada Vladimir Putin inson huquqlari va Rossiya qonunlarini himoya qilishga yana bir bor va’da berdi. Bundan bir kun oldin Rossiyaning turli mintaqalarida “U bizga shoh emas”​ shiori ostida ommaviy norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi.

Prezident o‘zining Kremldagi ish xonasidan Katta Kreml saroyining Andreev zaliga yo‘l oldi.

Bundan avval OAV o‘z manbalariga tayanib, Putin “diqqatni salbiy ma’noda” jalb qilmaslik maqsadida Moskva bo‘ylab prezident kortejida an’anaviy sayr qilishdan voz kechgani to‘g‘risida yozdi.

Qasamyod qabul qilganidan so‘ng Vladimir Putin Sobor maydoniga keldi va bu yerda Kreml polkining paradini qabul qildi. Shundan so‘ng Blagoveshchensk ibodatxonasida qisqa ibodat o‘tkazildi. 7 mayning o‘zida prezident Putin Davlat dumasiga yangi hukumat rahbarining nomzodini tavsiya qilishi mumkin.

Kreml zalidagi mehmonlar V.Putinni kutishmoqda
Kreml zalidagi mehmonlar V.Putinni kutishmoqda

2012 yilning 7 may kuni Vladimir Putin uchinchi muddatga prezident vakolatlarini bajarishga kirishgan edi. O‘shanda u Oq uydan (u vaqtda Putin hukumat rahbari bo‘lib ishlardi) Kremlga mashina va odamlardan tozalangan Moskva ko‘chalari bo‘ylab kelgan edi. Bu safar politsiya Moskvaning faqat Qizil Maydon atrofidagi ko‘chalarda harakatlanishni cheklab qo‘ydi.

18 mart kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Vladimir Putin saylovchilarning 76,6 foiz ovozlarini olgani e’lon qilingan edi.

- Har bir oila farovonligiga erishish mening asosiy burchim. Bizning maqsadimiz – Rossiya - odamlar uchun! Mamlakatimizdagi o‘zgarishlar qudrati – bu biz, barcha kasb egalaridir, dedi yana bir bor prezidentlikka saylangan Vladimir Putin.

Inauguratsiya nutqida yangi saylangan prezident “Qaqnus qushidek qayta tiklangan Rossiya xavfsizligi yaxshi ta’minlangani” va “bunlan keyin ham bu masalaga katta e’tibor qaratilishi”ni alohida urg‘uladi.

5 may kuni Rossiyaning ko‘plab shaharlarida “U bizga shoh emas” deb nomlangan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Vladimir Putinning to‘rtinchi muddatiga qarshi chiqishdi. "OVD-Info" ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning 27 shahrida 1597 kishi ushlandi. Ulardan ayrimlari ozod qilindi. Ayrimlar hibsda ushlab turilibdi, boshqalari esa sud qilinadi.

Putinning navbatdagi marotaba prezidentlikka saylanishiga qarshi chiqqanlarni bostirish uchun Moskva hukumati ilk marotaba qamchilar bilan qurollangan kazaklar otryadlarini tashladi. The Bell nashri kazaklarni norozilik aksiyalarini bostirishda ishlatishga Moskva hukumati byudjetdan 16 million rubl (250 ming AQSh dollari.tahr) ajratgani to‘g‘risida xabar berdi.

Otryad a’zolari orasida blogerlar Donbassda Ukraina qo‘shinlariga qarshi ayirmachilar tarafida jang qilganlar borligini aniqladi.

Kazaklar Moskvaning Pushkin maydonida

Politolog Dmitriy Oreshkin keyigi 6 yil davomida Vladimir Putin hukumati to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni sanab o‘tdi.

- Xohlaydimi-xohlamaydimi, xalqaro maydonda katta “g‘alabalar”ga erisha olmasligi aniq bo‘lgan Putin ichki bozorga e’tibor qaratadi: “xalq dushmanlari”ni fosh etadi, bosimni kuchaytiradi, sabotajchilarni yo‘qqa chiqaradi yoki, Stalin davridagi kabi, boshqa "yumshoqroq" usullarni qo‘llaydi. Ayni paytda, u tushunib turibdiki, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga majburdir. Menimcha, bu olti yilda u yo‘qotilgan xalqaro biznes, sarmoya ishonchini tiklashga kirishadi. Shu sababli, hukumatda ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar. Shuningdek, Rossiya hukumati harbiy sarf-harajatlarni kamaytirishga kirishishi to‘g‘risida gap-so‘zlar yuribdi. Ammo, oxirgi 10 yilda Rossiya kirib qolgan botqoqdan chiqish xalqqa maqbul bo‘lmagan ko‘plab usullar yordamida amalga oshirilishini ham taxmin qilaman: pensiya yoshi, soliqlar oshirilishi va hokazo, dedi Dmitriy Oreshkin.

Iqtisodiy jihatdan juda og‘ir kechishini taxmin qilayotgan siyosatshunos Oreshkin Kreml propaganda ishlarini kuchaytiradi, dedi.

Inauguratsiya oldidan “Levada-sentr” markazi olib borgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, 47 foiz rossiyalik “Rossiyaga buyuk davlat maqomi”ni qaytara olganini Putinning eng katta yutug‘i sifatida ko‘rayotganini bildirgan. Tadqiqotchilar 2015 yildan buyon Vladimir Putinning Rossiya grajdanlari orasidagi obro‘-e’tibori tushib borayotganini qayd etib kelmoqda.

Ayni damda, 45 foiz rossiyalik ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va daromadlarning adolatsiz tarzda taqsimlanishini Vladimir Putin davrining asosiy kamchiliklari ekaniga e’tibor qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi bor 6 yillik muddatga saylangan Vladimir Putin 2024 yilgacha bu lavozimda qoladi.

XS
SM
MD
LG