Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:08

Jurnalist Bobomurod Abdullaev sud zalidan ozod qilindi (VIDEO)


Jurnalist Bobomurod Abdullaev
Jurnalist Bobomurod Abdullaev

45 yashar jurnalist Bobomurod Abdullaev va uning jinoiy sheriklari sifatida ko‘rilgan uch kishi ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bir necha haftadan buyon davom etgan sud jarayoni 7 may kuni yakuniga yetdi.

Shu kuni sud hukmi o‘qildi. Jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- moddasi, 1- kismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o‘tkazish va 3 yilga axlok tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlandi.

Б. Абдуллаев: Аввалги раҳбар дунë ҳамжамияти илтимосини бир тийинга олмасди¸ ҳозир сиëсат ўзгарди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:07 0:00

Sud zalida ishtirok etgan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, sudya Zafar Nurmatov sudlanuvchi Bobomurod Abdullaev hibsda saqlangan 221 kunni e’tiborga olib, bu muddatni belgilangan jazo muddatidan chiqarib tashlagan.

Sud hukmi bilan Bobomurod Abdullaev sud zalidan ozod qilindi.

Abdullaevning jinoiy sheriklari sifatida sudlangan 3 fuqaro sud hukmi bilan oqlanib, sud zalidan ozod qilindi.

Sud majlisida ishtirok etgan faol Dilorom Ishoqovaning Ozodlikka aytishicha, sud Bobomurod Abdullaev va uning sheriklari sifatida sudlanganlarni javobgarlikka tortishga aloqador mansabdor shaxslarning ushbu ish bilan bog‘liq harakatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida xususiy ajrim chiqargan.

Sudning 7 may kungi hukmiga oid ma’lumotlarning barchasi sud majlisida ishtirok etganlardan olindi. Ozodlikda, hozircha, sud hukmi matni yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilish va amaldagi hukumatni noqonuniy ag‘darish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev, bloger Hayotxon Nasriddinov hamda ikki tadbirkor - Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida olib borilayotgan sud ishining 2 may kungi majlisida prokuror suddan Abdullaevga besh yil qamoq jazosi tayinlashni, qolgan uch sudlanuvchini oqlashni so‘ragan edi.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Hayot Nasriddinov¸ tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovlar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo‘yicha ayblanayotgan edi.

O‘tgan yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olingan Bobomurod Abdullaev 2011 yildan "Usmon Haqnazarov" imzosi ostida "amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va O‘zbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumon qilinib sudlandi.

Bobomurod Abdullaev va boshqalar ustidan sud hukmi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga safari kutilayotgan kunlarga to‘g‘ri keldi.

Sudning sport sharhlovchisi Bobomurod Abdullaevni ozod qilish qarori mamlakatda doimiy hurujlarga uchraydigan o‘zbek jurnalistlariga umid beradi, lekin bu hukm ortidan fikr bildirish erkinligi huquqini himoya qiladigan konkret islohotlar amalga oshirilishi lozim, deb bayonot berdi xalqaro Amnesty International tashkiloti.

XS
SM
MD
LG