Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2021, Тошкент вақти: 20:10

Toshkentlik ayol "noto‘g‘ri ukol bilan buyragiga zarar yetkazgan" vrachlarni sudga berdi


Toshkentlik 35 yoshli Madina Usmonova Chilonzor tumani Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlarini unga noto‘g‘ri ukol urib,  buyragini mayib qilganlikda ayblamoqda.

Toshkentlik 35 yoshli Madina Usmonova Chilonzor tuman Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlarini unga noto‘g‘ri ukol urib, buyragiga shikast yetkazganlikda ayblamoqda. Madina Usmonovani davolagan shifokor Ma’ruf Yo‘ldoshev bemorga noto‘g‘ri ukol urilganiga oid iddaolarini keskin rad qildi.​

Usmonovaning Ozodlik bilan suhbatda iddao qilishicha, u sistit (peshob yo‘llari shilliq qatlamining shamollashi) kasalligi bilan Sil kasalliklari shifoxonasiga borgan, vrachlar unga “Pirogenal” dori vositasini noto‘g‘ri in’eksiya qilishgan.

Bir farzandning onasi Madina Usmonova, uni ta’biricha, "mas’uliyatsiz shifokorlar" ustidan Toshkent shahar sudi va O‘zbekiston prezidenti portaliga shikoyat qilgani, lekin natija bo‘lmaganini aytdi.

- O‘sha ukol qilganidan keyin uchta shifoxonada yotib chiqdim. Pochkam yiringlab ketdi. Noto‘g‘ri ukol urib buyragimni mayib qilishdi. Toshkentdagi Urologiya markazida operatsiya qilishdi. Pochkamni olib tashlashmoqchi ham bo‘lishdi, hudo bir asradi, pochkam o‘zim bilan qoldi. Shu markazdagi vrachlardan biri aytdiki, menga noto‘g‘ri ukol qilishgan, deb. Xullas, shu Sil kasalliklari kasalxonasiga borib bir kasalim uch bo‘ldi, - dedi Usmonova.

Usmonovaning iddaosicha Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlari unga “Pirogenal” dori vositasini noto‘g‘ri in’eksiya qilishgan.
Usmonovaning iddaosicha Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlari unga “Pirogenal” dori vositasini noto‘g‘ri in’eksiya qilishgan.

Ozodlik toshkentlik bemor shikoyati yuzasidan Chilonzor tuman Sil kasalliklari shifoxonasiga bog‘landi.

Madina Usmonovani shaxsan davolagan shifokor Ma’ruf Yo‘ldoshev bemorga noto‘g‘ri ukol urilgani iddaolarini rad qildi.

- Bu ayol shunaqa kasal bo‘lib kelgan, bizga kelganida o‘zi shunaqa ahvolda edi. Men, uning hisobi bo‘yicha, beshinchi doktorman. Noto‘g‘ri ukol urilmagan. Bu bo‘yicha bizda tekshiruv o‘tkazildi, tekshiruvlar buni tasdiqladi, - dedi Ma’ruf Yo‘ldoshev.

Usmonova shifokorlar ustidan Toshkent shahar sudiga va O‘zbekiston prezidenti portaliga shikoyat qilgan.

- Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlari suddagi tanish-bilishlarini ishga solib ishni bosti-bosti qilishyapti, men oxirigacha kurashaman. Chunki men xohlayapman, boshqa bemorlar ham o‘z kasbiga sovuqqonlik bilan qaraydigan shifokorlarning dastidan jabr ko‘rmasin, - deydi Usmonova.

Usmonovaning Ozodlik bilan suhbatda iddao qilishicha, u sistit, ya’ni peshob yo‘llari shilliq qatlamining shamollashi kasalligi bilan Sil kasalliklari shifoxonasiga borgan.
Usmonovaning Ozodlik bilan suhbatda iddao qilishicha, u sistit, ya’ni peshob yo‘llari shilliq qatlamining shamollashi kasalligi bilan Sil kasalliklari shifoxonasiga borgan.

Madina Usmonovaning Ozodlikka bildirishicha, u Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga da’vo arizasi topshirgan. Ishning qachon ko‘rilishi hozircha noma’lum. Shunday qilib, Madina Usmonova bilan Sil kasalliklari shifoxonasi vrachlari o‘rtasidagi mojaroda kim haqligini sud hal qiladi.

Sud, balki, vrachlarning aybi yo‘qligini aniqlar, lekin O‘zbekistonda shifokorlarning xatosi tufayli bemorlarning nobud bo‘lgani haqdagi ba’zi xabarlar Ozodlik avval e’lon qilingan.

Shu yil fevral oyida toshkentlik ona shifokorlarning xatosi tufayli 6 oylik farzandi nobud bo‘lganini Ozodlikka aytgan.

O‘tgan yili iyul oyida Toshkentda dorixona xodimlari bemor qizlarga "Vermoks" nomli parazitlarga qarshi dori o‘rniga shifokor yozuviga tushunmay, yurakka aloqador xastaliklarda qabul qilinuvchi "Verapamil" dori vositasini bergan.

Oqibatda 3 nafar voyaga yetmagan qiz hayotdan ko‘z yumgan edi.

XS
SM
MD
LG