Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:08

Tojikiston tashqi ishlar vaziri ismini o‘zgartirdi


Sirojiddin Aslovdan Sirojiddin Muhriddinga aylangan Tojikiston tashqi ishlar vaziri.
Sirojiddin Aslovdan Sirojiddin Muhriddinga aylangan Tojikiston tashqi ishlar vaziri.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov ruslashtirilgan familiyasini rasman tojiklashtirdi, endilikda uning ismi Sirojiddin Muhriddindir, deyiladi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi xabarida.

"Tashqi siyosat idorasi rahbari bir necha kun avval rasman ismi sharifini o‘zgartirdi. Endilikda vazirning familiyasi asosini – otasining ismi tashkil qiladi", – deya qo‘shimcha qildi TIV xodimlaridan biri. Sirojiddin Muhriddin 54 yoshda, u TR TIV rahbari lavozimiga 2013 yilning noyabrida kirishgan. Unga qadar Tojikistoning qarorgoxi Nyu Yorkda bo‘lgan Kubadagi elchisi lavozimida ishlagan.

TIVga tayangan holda mahalliy OAVning xabar berishicha, Aslov 2017 yildayoq familiyasini o‘zgaratish jarayonini boshlagan, biroq "bandligi hamda mamlakat tashqarisidagi xalqaro va Tojikistonning o‘zidagi tadbirlarda ishtiroki tufayli” o‘zgartishlarni rasmiylashtirish hozirga kelib amalga oshdi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2007 yilda familiyasidagi ruslashtirilgan “-ov” qo‘shimchasidan voz kechgan edi, shu tariqa tojiklar tarixiy va madaniy qadriyati muhofazasi yo‘lida qadam tashlagan edi. Shundan so‘ng davlat amaldorlari va xizmatchilar o‘z familiyalarini o‘zgartira boshladilar.

2016 yil aprelida Tojikistonda istiqomat qiluvchi etnik tojiklarga hujjatlarida ruslashtirilgan familiyalardan foydalanish taqiqlandi. O‘shandan boshlab Tojikistonda Fuqarolik Holatini ro‘yxatga olish idoralarida ruslashgan “ov”, “ova”, “ovich” va “ovna” ism shariflarini ro‘yxatga olish to‘xtatildi. Yangi qonunga binoan familiyalar tojiklarning "zod", "zoda", "ӣ", "iyon", "far" qo‘shimchalari bilan rasmiylashtiriladi. Qonunga qo‘shimcha sifatida Tojikistonda tojik ismlarining yagona reestri ishlab chiqildi.

XS
SM
MD
LG