Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 11:43

Qozog‘iston sudi mustaqil xabarlar saytini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Ratel.kz sayti bosh muharriri Marat Asipov sud qarori ustidan shikoyat arizasi berishini bildirdi.
Ratel.kz sayti bosh muharriri Marat Asipov sud qarori ustidan shikoyat arizasi berishini bildirdi.

Qozog‘iston sudi Ratel.kz xabarlar saytini yopish haqida haqida qaror chiqardi. Matbuot kuzatuvchilari sayt bilan bog‘liq bu ishni mustaqil OAVni rasman ta’qib qilish usuli sifatida tanqid qilmoqda.

Almati shahrining Medeu tuman sudi 28 may kuni Ratel.kz saytiga bir yillik taqiq joriy etib, uning rasmiy qaydini bekor qildi. Sudya Gulmira Beysenova Ratel.kz va Balborsyk.kz domen nomlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu Ratel.kz materiallarini chop etayotgan muqobil sayt nomi edi.

Ratel.kz sayti bosh muharriri Marat Asipov va unda ishlayotgan boshqa xodimlarga Ratel.kz nomidan boshqa saytlarda materiallar chop qilish ham man qilindi.

Asipov sud qarori ustidan shikoyat arizasi berishini bildirdi.

Prokurorlar mart oyi oxirida bergan arizasida ushbu Internet nashrini ro‘yxatdan o‘tish tartibini buzganlikda aybladi. Ularga ko‘ra, jurnalistlar Ratel.kz domenidan egasi Gennadiy Benditskiy o‘lgandan so‘ng, uning huquqlarini Balborsyk.kz saytiga o‘tkazib, noqonuniy foydalangan.

Prokurorlarning yana bir iddaosiga asosan, Ratel.kz serverlarini qonunga xilof ravishda Qozog‘istondan tashqariga joylashtirgan va materiallarini rus, qozoq va ingliz tillarida e’lon qilgan. Vaholanki, uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan hujjatlarda sayt faqat rus tilida yuritilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Ratel.kz va Balborsyk.kz jurnalistlari “ataydan soxta axborot tarqatgani” uchun ayblanib, ishi sudda ko‘rilmoqda. Bunga tadbirkor va sobiq moliya vaziri Zeynulla Kakimjanovning sudga kiritgan da’vo arizasi sabab bo‘lgan edi.

Kakimjanov ushbu Internet nashrlari soxta axborot tarqatib, o‘zi bilan o‘g‘lining obro‘siga putur yetkazganini iddao qilmoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ)xabar qilishicha, Ratel.kz 2016 yilning may oyidan dekabrigacha Kakimjanovlarning gumon qilingan korrupsiyali biznes foaliyati haqida xabarlar tarqatgan.

Joriy oy boshida CPJ bilan birga yana xalqaro matbuot erkinligini himoya qiluvchi 25 ta tashkilot “prokuratura va sud organlarining Ratel.kz va boshqa bir qancha OAVga qarshi nomutanosib, ba’zi hollarda noqonuniy xatti-harakatlari Qozog‘iston huquqiy tizimini demokratiyaga amal qilishi uchun suv bilan havoday zarur bo‘lgan normal tanqidni bo‘g‘ishga qaratilgani”dan xavotir izhor qildi.

Aprelь oyida Human Rights Watch tashkiloti Ratel.kz va Forbes.kz ishi yuzasidan bayonot berdi. Unda Qozog‘iston hokimiyat idoralari “o‘z ishini bajarayotgan jurnalistlarni ta’qib qilish” uchun ishlatilayotgan qonunlardan foydalanishni to‘xtatishga chaqiriladi.

XS
SM
MD
LG