Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:43

“Bunyodkor” stadioni "Milliy"ga aylanadi


Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni.
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionining nomi Milliy deb o‘zgartiriladi hamda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ixtiyoriga o‘tkaziladi.

“Бунёдкор” стадиони "Milliy"га айланaди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:54 0:00

“Gazeta.uz” nashrining Futbol assotsiatsiyasiga tayanib xabar berishicha, ayni paytda “Bunyodkor” stadionini Futbol assotsiatsiyasi balansiga o‘tkazish bo‘yicha huquqiy masalalar hal etilmoqda.

Kelajakda nomi Milliy deb o‘zgartiriladigan mazkur stadion O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasiga aylanadi. Bu yerda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, asosiy sport musobaqalari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Bu stadionni Angliya milliy terma jamoasi mezbon sifatida matchlarni o‘tkazuvchi “Uembli” stadionining O‘zbekistondagi muqobiliga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Xabarda aytilishcha, stadion bazasida o‘z o‘yinlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelgan “Bunyodkor” futbol jamoasi 2019 yil oxirigacha bu yerdan foydalanishi mumkin. Undan keyin esa “Jar” stadionini ijaraga olishi rejalashtirilmoqda. “Jar” stadionidan hozirda “Paxtakor” jamoasi ham ijarada turadi.

Biroq “Bunyodkor” futbol jamoasining jamoatchilik bilan aloqalar menedjeri Ulug‘bek Mirzaev Ozodlik radiosiga hozircha bu masala oxirigacha hal etilmaganini aytdi.

- Hozircha bu juda ham noma’lum masala bo‘lib qolmoqda. “Jar”ni ijaraga olamizmi, yoki boshqa stadionnimi, noma’lum. Stadionning egalik huquqi boshqa tashkilotga o‘tsa ham stadion qolaveradi-ku, bu yerda milliy terma jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ayni paytda stadiondan doimiy foydalanadigan jamoa “Bunyodkor” bo‘lishi mumkin. Hozir aniq bir ko‘rsatma yo‘q,- dedi Ulug‘bek Mirzaev.

2 mart kuni Ozodlik radiosi “Bunyodkor” klubi futbolchilari va rasmiylariga tayangan holda futbol jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilgan edi. “Bunyodkor” stadionining xo‘jayini almashtirilayotganiga mana shu moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘lmayaptimi, degan savolimizga Ulug‘bek Mirzaev:

-16 martda prezidentning futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha qarori chiqqan. Mana shu qaror asosida bu ish amalga oshirilayapti. Qarorda “Bunyodkor” stadioni “Bunyodkor” futbol klubidan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi balansiga o‘tkazilsin, deyilgan,- deb javob berdi.

Ulug‘bek Mirzaev ayni paytda "Bunyodkor" klubida hech qanday moliyaviy muammolar mavjud emasligini alohida ta’kidladi.

Prezident Mirziyoevning futbolni 2018 yildan 2022 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha dasturida 2022 yilga kelib milliy terma jamoaning jahon chempionatlarida ishtirok etishiga erishish ham nazarda tutilgan.

34 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadioni 2012 yilning sentabrida ishga tushirilgan edi.

XS
SM
MD
LG