Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Prezident har bir oilani tadbirkorga aylantirishga qaror qildi


Shavkat Mirziyoev AQSh safaridan qaytishining ertasiga - 19-20 may kunlari Andijonga safar qildi.
Shavkat Mirziyoev AQSh safaridan qaytishining ertasiga - 19-20 may kunlari Andijonga safar qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 iyun kuni har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Matnini O‘zA axborot agentligi e’lon qilgan qaror haqidagi xabarida gazeta.uz bunday yozdi:

Dastur konsepsiyasi davlat rahbarining may oyida Andijon viloyatiga uyushtirgan safari vaqtida taqdim etilgan edi. 10 iyundan ayni shu viloyatda dasturni amalga oshirish boshlanadi.

Andijon viloyatida hududiy dasturni moliyalashtirishga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.

Dasturda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish — mini-klasterlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalari yaratiladi.

Bundan tashqari, vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Dastur doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun — eng kam ish haqining 150 barobarigacha, ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari uchun — 1000 barobarigacha va tadbirkorlik sub’ektlarining investitsion loyihalarini kreditlash uchun — 1000 barobardan oshiqroq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Moliya vazirligiga sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 1,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini yengillashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Ikki oylik muddatda foydalanilmayotgan yer maydonlari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlari asosida bekor qilinadi va ushbu yer maydonlari Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi.

XS
SM
MD
LG