Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 08:54

Rossiya NATOning harbiy tayyorgarlik rejasini tahdid deb hisoblamoqda


Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko

Rossiya NATOning Yevropada harbiy tayyorgarlikni mustahkamlashga oid yangi rejasi mintaqadagi xafsizlikni zaiflashtiradi, deb hisoblaydi. Rasmiy Moskva ayni holatni harbiy rejasida hisobga olishga majbur bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko 13 iyunda “To‘rtta o‘ttiz” nomi bilan mashhur tashabbusini tanqid qildi. U, Rossiya o‘z xavfsizligini kafolatlash uchun barcha harbiy choralarni ko‘radi, deb aytdi.

Grushko ayni tashabbusni “Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi”, deb hisoblaydi.

AQSh taklif etgan “To‘rtta o‘ttiz” tashabbusini 7 iyunda NATO mudofaa vazirlari qo‘llab-quvvatladi. Tashabbus maqsadi Yevropa mamlakatlarini Rossiya tarafidan kuchayib borayotgan tahdidlardan himoya qilishdir. Unda, shuningdek, Yevropada tang vaziyat yuzaga kelganda qo‘shinlarni tashishni osonlashtirish uchun harbiy tayyorgarlikni oshirish nazarda tutiladi.

Tafsilotlari ochiqlanmayotgan rejaga ko‘ra, 30 kun ichida 30 ta batalyon, 30 ta harbiy eskadrilya va 30 ta kemani 30 kun ichida joylashtiriladi. Reja 2020 yili amalga oshirilishi kerak.

NATOning minglab harbiy xizmatchilari tiyib turuvchi kuch sifatida Rossiya yaqinidagi Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polьshaga joylashtirildi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilishicha, “To‘rtta o‘ttiz”ning maqsadi yaxshiroq muvofiqlashtirish va safarbarlikni ta’minlashdan iborat.

− Bu yangi qo‘shinlar tuzish yoki joylashtirishni emas, mavjud qo‘shinlardan har birining harbiy tayyorgarligini oshirishni anglatadi, − dedi u.

Yevropa mamlakatlari rahbarlari ham NATO doirasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular, xususan, Niderlanidya bosh vaziri Mark Ryutte, Rossiya tahdidiga faqat uyushibgina qarshi turish mumkin, deb hisoblaydi:

− Hamkorlik qilayotganimizning o‘zi, ushbu ittifoqqa a’zo ekanimiz, bizni kuchli, xavfsiz va ishimizni samarali qiladi. Men Yevropa Ittifoqiga tobora ko‘proq shu nuqtai nazardan qarayapman. Biz Niderlandiyada buni Malayziya uchog‘i 2014 yili Ukraina sharqida urib tushirilgandan va Rossiyaning bu ishda qo‘li borligi uchun javobgarligi xususida qaror qabul qilingandan so‘ng yaxshi his etdik. Yevropa Ittifoqi biz tomonda turib birlashdi va Rossiyani mas’uliyatni zimmasiga olishga, haqiqatni aniqlash, adolatga erishish va javobgarlikka tortishda hamkorlik qilishga da’vat etdi.

Grushko, Rossiyaning “harbiy ittifoqning sharqiy hududlaridagi tayyorgarligiga oid fikri ma’lum. Biz bunday xatti-harakatlar Yevropadagi harbiy xavfsizlikka putur yetkazadi, degan hisoblaymiz”, dedi.

Rossiya harbiy rejalarida “To‘rtta o‘ttiz” tashabbusini hisobga oladimi, degan savolga, Grushko, “shak-shubhasiz, biz buni hisobga olamiz”, deb javob berdi.

XS
SM
MD
LG