Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:57

OzodTa’sir: Ozodlikka shikoyat qilganimdan keyin elektrdan "qarz”imdan kechishdi


Oygul Sultonovaning elektr liniyasi bormagan uyi
Oygul Sultonovaning elektr liniyasi bormagan uyi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Novshahar qishlog‘ida yashaydigan Oygul Sultonovaning 14 iyun kuni Ozodlikka aytishicha, uni Angor tumani elektr tarmoqlari idorasiga taklif qilishgan va uning nomiga asossiz yozilgan elektr energiyasi uchun qarz bekor qilishgan:

“Ertalab elektrosetga chaqirtirishdi. Opam bilan bordim. Alisher degan kattasi bor ekan. Mendan ariza yozdirib oldi va “bo‘ldi opa, sizning masalangizni hal qildik, sizning bizdan qarzingiz yo‘q”, deb aytdi. Xursand bo‘ldik, opam tashakkurnoma yozib berdi. Sizlarga katta rahmat”, dedi Oygul Sultonova.

Oygul Sultonova Ozodlikka 6 iyun kuni murojaat qilib, elektr simi tortilmagan uyi uchun uni 400 ming so‘m miqdorda qarzdor qilib qo‘yishgani haqida bunday degan edi:

“Kelinglar, uyimni ko‘ringlar, hali ochiq daladagi yangi joy, elektr tortilmagan, nima uchun men ishlatmagan narsamga pul to‘lashim kerak, deganimga qaramasdan, baribir to‘laysiz, kompyuterda bor, deyishyapti. Axir, yemagan somsaga men pul to‘lamaymanku”.

OzodMikrofon: Электр тортилмаган уйимга қарздор қилиб қўйишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:57 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG