Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:25

Sportda irqchilikka qarshi tashkilotning Sankt-Peterburgdagi idorasi yopildi


FIFA bosh kotibi Fatma Samura
FIFA bosh kotibi Fatma Samura

Sportda irqchilikka qarshi kurash va ozchiliklar haqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan guruhlarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot Sankt-Peterburg shahri meriyasi jahon chempionati arafasida bu shahardagi idorasini yopib qo‘yganini ma’lum qildi.

Fare Network nomli tashkiloti futbol ishqibozlarining kamsituvchi xatti-harakatlarini tergov qilishda FIFA va UEFAga yordam berib keladi.

Uning vakili 16 iyun kuni ma’lum qilishicha, tashkilot shaharda ishlab turgan idoralaridan biri- Diversity House (Rang-barang uy) loyihasi vakillariga berilgan bino 14 iyun kuni - jahon futbol birinchiligi arafasida olib qo‘yilgan.

Ular (tashkilot idorasi ochilgan binoning egalari - tahr.) bizga qo‘pol tarzda chiqib ketishimizni aytdi, elektrni o‘chirib qo‘ydi va xatti-harakatlariga hech qanday izoh bermadi, ‒ dedi Sankt-Peterburg shahri faoli va “Kubok odamlar uchun” tashkiloti a’zosi Yelena Belokurova. Tashkilot hozir borayotgan futbol musobaqasidan olinadigan foyda Rossiya jamiyatining barcha a’zolariga yetib borishi bilan jamoatchilik kuzatuvi vositasida nazorat qilish bilan shug‘ullanish niyatida.

Tortib olingan binoda shu paytgacha, turli ko‘rgazma, uchrashuvlar o‘tkazib kelinayotgan, shuningdek bu joy taqiblarga uchrayotgan jinsiy ozchiliklar uchun "boshpana"ga aylanib qolgan edi.

Ayni paytda, Fare Network guruhiga Moskva shahrida idora ochishi uchun ruxsat berildi va uning ochilish marosimida Rossiya hukumat hamda FIFA vakillari ham ishtirok etdi.

‒ Diversity House tashkiloti idorasining bu tariqa yopilishi Sankt-Peterburgdagi tashkilotlar uchun tanish holat. Ularning bildirishicha, shahar ma’murlari siyosiy qarashlariga mos kelmaydigan faoliyat turlarini shunaqa usul bilan to‘xtatib tashlayveradi, ‒ dedi Fare Executive ijrochi direktori Piara Povar.

Povar xonimga ko‘ra, “ayni hol Rossiyadagi konservativ siyosiy kuchlar inson haqlariga oid gap-so‘zlarni “bosdi-bosdi” qilayotganidan dalolat beradi”.

Uning aytishicha, FIFA bosh kotibi Fatma Samura ayni muammoni “o‘z nomidan yuqori tashkilotlarga yetkazgan, ammo natija bo‘lmagan”.

FIFA vakili Fare Network bilan “tez-tez gaplashayotgani” va “muammoga yechim topish uchun Sankt-Peterburg hokimiyat idoralariga murojaat qilgani”ni aytdi.

Reyter axborot agentligi Sankt-Peterberg shahri hukumati izoh berishini so‘rab, murojaat qilgani, ammo o‘z vaqtida javob olmaganini ma’lum qildi.

Ayni paytda, Fare Network Sankt-Peterburgning boshqa joylarida offis ochishni rejalashtirayotganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG