Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2021, Тошкент вақти: 03:03

Tojikiston - MDHda eng qashshoq mamlakat


MDH Statistik ma’lumotlar qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, Tojikiston aholisining 30 foizdan ko‘prog‘i qashshoqlik domida kun kechirmoqda. Ushbu hisobotda Qirg‘iziston va Qazoqistonda qashshoqlik darajasi 25,4 va 2,6 foizni tashkil etgan. Ammo O‘zbekiston va Turkmanistondagi holat bo‘yicha ma’lumot mavjud emas.

19 iyun kuni MDH Internet sahifasida chop etilgan hisobotda Tojikiston Mustaqil Davlatlar Hamdӯstligida eng qashshoq mamlakat sifatida korsatilgan

Unda ta’kidlashicha, qashshoqlik darajasi Jahon Banki ornatilgan xalqaro metodologiya asosida aniqlangan.

Ayni metodologiyaga muvofiq, kuniga 1,9 dollardan kam daroma ko‘rgan shaxs kambag‘al hisoblanadi.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi 2017 yil oxirida e’lon qilgan hisobotida ham Tojikiston aholisining 30 foizdan ortig‘i to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani aytilgandi.

Unda urg‘u berilishicha, Tojikistonda 2,5 million odam oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan.

Bu raqam Qirg‘izistonda 6,5, O‘zbekistonda 6,3 foizni tashkil etadi.

Hisobotda, ayniqsa, Tojikistonning qishloq joylarida vitaminli va kaloriyali ovqatga to‘ymagani sababli 5 yoshga to‘lmagan ko‘p bolalar jismoniy rivojlanishdan qolgan.

Ayni damda, 20 iyun kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasida “Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish uchun qoshimcha mablag‘ ajratish” bitimining muhokamasi jarayonida mamlakatdagi qashshoqlik vaziyatiga e’tibor qaratildi.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirining muovini Saida Umarzoda parlament sessisyasida chiqish qilib, mamlakatdani qashshoqlik darajasini izohlab berdi.

- Tojikistonda biron daromad manbalariga ega bolmagan, ish joyi bolmagan va nogiron farzandi bolgan shaxs qashshoq hisoblanadi. Qashshoq oilalarga hukumat tomonidan moliyaviy yordam yetkazilib, ularga elektr quvvatidan foydalash puli 50 foiz miqdorida kam belgilangan, - dedi Saida Umarzoda.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, bugun Tojikistonda 80 mingdan ortiq oila qashshoqlar royxatiga kiritilgan.

Bu oilalar yiliga davlatdan 400 somoniy yoki 46 dollar miqdorida moliyaviy yordam oladi.

Tojikiston parlamenti raisi Shukurjon Zuhurov qishloq joylardagi yo‘qsil oilalarga moliyaviy yordam miqdori juda kam ekanligidan tashvish bildirdi.

- Bunday oilalarga oyiga 20 somoniy yoki 2,5 dollar miqdorida yordam beriladi. Bu pul qishloqdan tuman markaziga borishga ham yetmaydi. Ya’ni, ushbu moliyaviy yordamning ma’nisi qolmagan. Bu masalani boshqatdan korib chiqish lozim,-dedi Shukurjon Zuhurov.

XS
SM
MD
LG