Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2018, Тошкент вақти: 17:36

Sobiq siyosiy mahkum ichki ishlarni noqonuniy nazoratda aybladi


Qariyb 19 yillik qamoqdan so‘ng, shu yilning 22 fevralida ozodlikka chiqqan o‘zbekistonlik jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov IIVning Mirishkor tumani bo‘limi xodimlari uning ustidan noqonuniy ravishda nazorat o‘rnatganidan shikoyat qildi.

Uning aytishicha, qamoqdan to‘liq ozod etilgan va rasman nazorat belgilanmagan.

Bundan tashqari, shu yilning 7 aprelida prezident devoni xodimlari jurnalist bilan uchrashgach, uning ustidan har qanday nazoratni to‘xtatishni so‘ragan.

"Ammo, shunga qaramasdan tuman IIB nazoratini to‘xtatmayapti", deydi jurnalist Ozodlik bilan suhbatda.

Shuningdek, Ozodlik bilan suhbatda jurnalist prezident Mirziyoev devoni xodimlari u bilan shu yilning 7 aprelida uchrashgani, unga uy ajratilgani va boshqa muammolari ham hal bo‘layotganini aytdi.

19 yillik qamoq paytida uysiz qolgan Ro‘zimurodov hozirda Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumanida akasining uyida yashamoqda. U fuqarolik pasportini oldi va endi chiqish vizasini kutmoqda.

Quyida jurnalist bilan suhbatni tinglang:

Собиқ маҳкум Ю.Рўзимуродов ИИБ ноқонуний назорат қилмоқда, деб арз қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:53 0:00
Бевосита линк

Yusuf Ro‘zimurodov 1999 yil Toshkent portlashlaridan so‘ng Kiev shahrida hibsga olingan va O‘zbekistonga topshirilgandi.

O‘zbekiston hukumati Ro‘zimurodovni, o‘sha paytda Kievda ushlangan yana bir jurnalist Muhammad Bekjon hamda taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudovni, Toshkent portlashlariga aloqadorlikda ayblagan.

Mahkama jarayonida ayblanuvchilar ayblarni rad etishgan va qiynoqqa solinganliklarini aytganlar.

Yusuf Ro‘zimurodovga berilgan dastlabki 14 yillik qamoq jazosi "ichki tartibni buzgani vajidan" ikki marta uzaytirilgan.

54 yoshli Yusuf Ro‘zimurodov prezident Islom Karimov davrida qamalgan va Shavkat Mirziyoev prezidentligi davrida ozod qilingan o‘ndan ziyod siyosiy mahbusning birdir.

1999 yilgi Toshkent prortlashlarida ayblanib, Ro‘zimurodov bilan qamalgan muxolifatchi jurnalist Muhammad Bekjon o‘tgan yilning 22 fevralida, yozuvchi Mamadali Mahmudov esa, 2013 yilning aprelida ozod etilgan edi.

XS
SM
MD
LG