Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:56

Qo‘qon rasmiylari buyrug‘i bilan teatr devoridagi asar “islomga zid” deya buzib tashlandi


Bahodir Jalol asarining "restarvatsiyagacha" va undan keyingi holati.
Bahodir Jalol asarining "restarvatsiyagacha" va undan keyingi holati.

Qo‘qon shahridagi teatr devoriga O‘zbekiston xalq rassomi¸ akademik Bahodir Jalol tarafidan ishlangan freskadagi ayollar rasmi vayron qilingan. O‘zbekiston madaniyat vazirligida bu vandalizm voqeasini o‘rganish bo‘yicha komisiya tuzilgan. Vazirlik vakilining Ozodlikka aytishicha, freska shahar hokimi o‘rinbosari buyrug‘i bilan vayron qilingan.

Vazirlik mulozimi "freska aynan qachon buzilgani haqida ma’lumot yo‘q, ammo biz bu voqeani qoralaymiz¸ aybdor mulzimlar jazolanadi", deya ta’kidladi.

San’atshunos Akmal Rizaev vayron qilingan freskani Qo‘qon teatriga borib ko‘rgan.

Uning ma’lum qilishicha, asar Qo‘qon shahar hokimligi mulozimi tarafidan “islomga zid deb topilib”, freska personaji bo‘lgan malaklarga hijob kiydirilgan.

Rassom Bahodir Jalol Ozodlik bilan suhbatda bu voqeani “vahshiylik” deya atadi va bu voqeaga isyon sifatida o‘z ko‘rgazmasini to‘xtatganini bildirdi.

Sharq va G‘arb uchrashuvi

O‘zbekistondagi eng qadimiy teatrlardan bo‘lgan Qo‘qon shahar teatri devoriga O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalol tarafidan ishlangan “Sharq va g‘arbning uchrashuvi” nomli freska hokimlik mulozimi buyrug‘i bilan “tahrir” qilingan.

Freskaning bugungi ahvolini borib ko‘rgan san’atshunos Akmal Rizaevga ko‘ra¸ asar "san’atdan bexabar" bo‘yoqchi tarafidan “o‘zgartirib chiqilgan”

- Freskadagi san’atni tamsil qilgan qanotli malaklarning yuziga niqob taqishibdi. Egniga libos kiydirishibdi. Sovet askarlari qiyofasidagi tarixiy personajlarga qo‘qon do‘ppi¸ ola chopon kiydirishibdi. Asarning Hamza Hakimzoda aks etkan qismi esa gipso-karton bilan to‘silgan," dedi Akmal Rizaev.

Uning aytishicha, vayrongarchilik 2017 yil iyun oyida O‘zbekiston prezidentining Qo‘qonga kelishidan oldin shoshma-shosharlik bilan bajarilgan.

"Bu ishni o‘sha paytdagi shahar hokimi Rahmatali Jalilov buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Shu yil bahorda ishdan olingan Jalilov teatr devoridagi asarni islomga va mentalitetimizga zid, deya buzishga buyruq bergan," deydi san’atshunos.

Vazirlik qoralaydi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimi Mavluda Asqarxodjaevaning Ozodlikka bildirishicha, ayni voqeani o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil qilingan.

U “buzish ishlariga shahar hokimining o‘rinbosari boshchilik” qilganini bildirdi.

- Mavjud freska - O‘zbekiston Madaniyat vazirligi himoyasidagi asar. Mahalliy hokimiyat vakillari, qonunga zid tarzda, asarga o‘zgartish kiritishgan. Vazirlik moddiy-madaniy meros ob’ekti sifatida muhofazaga olingan freskaga ziyon yetkazilgan bu salbiy holatni qoralaydi va, ishchi komissiya xulosasidan so‘ng, aybdorlar jazolanishini talab qiladi¸ - dedi vazirlik mulozimi.

Rassom xavotiri

Vayron qilingan freska muallifi rassom Bahodir Jalol Farg‘ona vodiysidagi diniy radikal kayfiyat mulozimlar harakatlari ko‘chayotganidan afsus bildirdi:

- Men hali tirikman, o‘lmadim-ku! Nega men chizgan rasmni o‘chirishadi? Diniy jaholat bilan endi mulozimlar shug‘ullanib boshlabdi. Chizgan rasmimga paranji¸ erkaklarga do‘ppi choponlar kiydirib chiqishibdi. Bu johillar uyatli deb aytayotgan rasm o‘z tariximizga oid. Afrosiyob devoriy suratlaridan ilhomlanib chizilgan-ku. Mening asarim bilan birgalikda taniqli rassom Lipene yaratgan vitraj va qandillarni ham yo‘q qilishgan. Bu vandalizm haqida prerzidentga yozdim¸ - deydi rassom.

Қўқон расмийлари талаби билан театр деворидаги асар “исломга зид” дея бузилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:50 0:00

IShIDona amal

Dunyoviy demokratik davlat bo‘lgan O‘zbekistondagi davlat mulozimlarining rassom asarini “dinga zid” deya vayron qilgani mahalliy jurnalist Mansur Ibroximov nazarida “Toliblar vahshiyligi bilan bir qatorda” turadi.

Anhor.uz nashrida chop qilingan Ibrohimov maqolasida bu holat “vandalizm” deya tariflandi:

Bu vandalizm fakti IShID kallakesarlarining Palmiradagi muzey obidalarini vayron qilinishi yoki Bomiyonda toliblar tarafidan Budda haykalini portlatilgani bilan bir qatorda turadi. IShID jangarilari ham, toliblar ham bu asarlarni islomga zid deb bilgani uchun vayron qilishgan. O‘shanda dunyo bu fanatiklarni qoralagan edi. Qo‘qonda esa bu vandalizmni davlat mulozimi amalga oshirdi. Zakovatdan uzoq bo‘lgan diniy fanatiklar Venera va Appolon hykallarining boqiy chiroyi yoki Roden haykallari jozibasini tushunishga ojiz. Ular uchun bu haykallar “uyat” va “sharmanda” degan ikki jumladan iborat. Ammo bunday kallavaramlar O‘zbekiston boshqaruv rulida o‘tirishini o‘ylasang havotirga tushasan” deb yozdi Mansur Ibrohimov.

San’atshunos Akmal Rizaevga ko‘ra “diniy andisha” bois san’atni cheklash mulozimlarga asta sekin odat bo‘lmoqda:

- San’at oliygohlarida yalang‘och natura chizishni taqilash va san’at ko‘rgazmalari hamda muzeylarda yalang‘och qizlar rasmi bo‘lmasligini talab qilish normaga aylandi. Davlat muzeyida Belloli degan italyan rassomining “Cho‘milayotgan ayol” asarini ham asosiy ko‘rgazma zalidan olib tashlash muhokama qilinmoqda, - deydi san’atshunos.

XS
SM
MD
LG