Линклар

Шошилинч хабар
21 ноябр 2018, Тошкент вақти: 15:38

Buxoro MXXchilari va "loxmach"lar 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi


Moldova -- justice generic

Joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy sudi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Buxoro viloyati boshqarmasining bir guruh sobiq rahbarlariga nisbatan sud hukmini o‘qidi.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 301-moddasi (hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi ) va 235-moddasi (qiynoq) bilan javobgarlikka tortilgan mulozimlar 14 yildan 18 yilga qadar bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bu haqda Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridan birida ishlaydigan manbasi xabar berdi.

Harbiy sud hukmiga ko‘ra:

1. Boshqarma sobiq boshlig‘i Rustam Azimov 14 yilga;
2. Boshqarma boshlig‘ining ichki xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Azim Yunusov 18 yilga;
3. Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i In’omjon Ma’rupov 16 yilga;
4. Boshqarma tezkor vakili Umid Bobomurodov 18 yilga;
5. Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rovshan Rajabov 16 yilga;
6. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Rustam Jumaev 18 yilga;
7. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Umid Inog‘omov 18 yilga;
8. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Jamshid Safarov 18 yilga;
9. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Aleksandr Ivanov 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, Buxoro viloyati IIB Post-patrul xizmati boshlig‘i o‘rinbosari A’zam Kamalovga eng kam ish haqining 400 baravari miqdordagi jarima jazosi tayinlanib, sud zalidan ozod qilindi.

Ozodlik qo‘lga kiritgan ayrim tergov va sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, 08/26616-18-sonli mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tergov guruhi tomonidan shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoevning ko‘rsatmasi asosida olib borilgan.

Aka-uka Ibodovlar ishi

Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan 44 yoshlik Ilhom Ibodov va uning akasi 48 yoshlik Rahim Ibodovlar 2015 yil 16 avgust kuni savdo qoidalarini buzganlik va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblanib, MXX xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Bir oy o‘tib Buxoro Milliy xavfsizlik boshqarmasi tergov izolyatoridan Ilhom Ibodovning o‘ligi chiqdi.

Ilhom Ibodovning Ozodlikka yetib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida ko‘kargan joylari va oyog‘ida jarohatlarini ko‘rish mumkin.

Buxoro viloyat sud-tibbiyot ekspertizasi Ilhom Ibodov o‘limi sabablarini o‘rganib, mahbus tergov izolyatorida yurak xurujidan vafot etgan, degan xulosani chiqardi.

Ilohom Ibodovning akasi Rahim sakkiz yilga qamaldi.

28 noyabr kuni Xyuman Rayts Uotch, Inson huquqlari uchun xalqaro sheriklik, Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi O‘zbekiston hukumatini aka-uka Ibodovlarning qamoqxonada qiynoqlarga solinishi holatini tergov qilishga chaqirdi.

2016 yil 1 dekabrda Ozodlik bilan suhbatlashgan aka-uka Ibodovlarning onasi Xursand Rajabova kichik o‘g‘lining qamoqxonadagi shubhali o‘limi yuzasidan batafsil, xolis va shaffof tekshiruv o‘tkazish hamda o‘zbek qamog‘ida qolayotgan yana bir o‘g‘lini ozod etishni so‘rab Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga murojaat etganini bildirdi.

"Ularni ham shu ko‘yga soldiraman"

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida viloyat faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda Milliy xavfsizlik xizmati (yangi nomi Davlat xavfsizlik xizmati) ni tanqid qildi.

MXXga berilgan cheksiz vakolatni tanqid qilgan prezident, tizim faoliyatini o‘tgan asrning 30-yillaridagi qatag‘onga solishtirgan edi.

Мирзиёев МХХ фаолиятини 37-йилдаги қатағонга қиёслади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:44 0:00

Prezident aka-uka Ibodovlarning qiynoqqa solinganini tilga olmagan esa-da, uning qo‘lida MXXning Buxorodagi jinoyatlari haqida yetarli dalillar borlini aytdi:

“Buxorodan menda juda ko‘p manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. O‘sha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, sog‘-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda ko‘rasizlar. Ularni ham xuddi shu kuyga soldiraman. Nima uchun, adolat bo‘lishi kerak. Yigirma yil bo‘lsa, yigirma yil qamaladi”, degan edi prezident.

XS
SM
MD
LG