Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2020, Тошкент вақти: 03:45

Turkiyada sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjonning kitobi nashr etildi


Muhammad Bekjon qalamiga mansub kitob muqovasi

Istanbulda joylashgan "Yitik shifo" nashriyotida o‘zbekistonlik jurnalist Muhammad Bekjonning "Qo‘rquvning nariyog‘ida" nomli kitobi nashr etildi.

Kitob umrining 18 yilini O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘tkazgan jurnalist xotiralariga asoslangan.

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va tergov paytida qiynoqqa solinganini bildirgan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga qamoqxona ichki tartibini buzish ayblovi qo‘yilib, jazo muddati yana 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi.

Muxolifatdagi "O‘zbekiston Xalq Harakati"ning raisi Muhammad Solihning ukasi bo‘lgan Muhammad Bekjon o‘tgan yil 22 fevralda qamoqdan ozod qilindi.

Hozircha bir ming nuxsada nashr etilayotgan kitobga taniqli yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon so‘zboshi yozgan.

Uzbekistan, Muhammad Bekjon, book
ҚЎРҚУВНИНГ НАРИЁҒИДА (МУҲАММАД БЕКЖОН)

XS
SM
MD
LG