Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 20:45

Xalq ta’limi vazirligidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan olindi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik markaziy apparatidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini 25 iyun kuni ishdan bo‘shatdi.

“Mazkur qaror prezident Shavkat Mirziyoevning vazirlik kadrlari tarkibini yangilash ko‘rsatmasiga asosan qabul qilindi”, deyiladi “Gazeta uz” vazirlikka tayangan holda tarqatgan xabarda.

Sherzod Shermatov xodimlar bilan uchrashuvda vazirlikning faoliyati sifat, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida olib borilishini, asosiy maqsad esa har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash bo‘lishini ta’kidlagan.

“Faqat mana shu maqsad va uch asosiy prinsipga amal qila olganlargina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan esa xayrlashamiz”, degan vazir.

20 iyunda 2013 yildan buyon xalq ta’limi vaziri lavozimda ishlab kelgan Ulug‘bek Inoyatov ishdan olinib, uning o‘rniga innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Shermatov tayinlangan edi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Qodirboy Bekturdiev, vazir o‘rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjaev ham lavozimidan ozod qilingan.Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini faqatgina Alisher Sa’dullaev saqlab qolgandi

Ishdan olinganlar o‘rniga Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lib ishlagan Sarvar Boboxo‘jaev, innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarovlar vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

21 iyunda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov viloyat, shahar, tuman hokimlariga maktab direktorlari va o‘qituvchilarini turli darajadagi yig‘ilishlarga chaqirishni taqiqlagan edi.

Bosh vazir maktablarni hokimlar nazoratidan chiqargan va endilikda o‘quv muassasalari faqat Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunishini aytgan.

Bosh vazir yangi rahbarlar oldiga o‘qituvchilar obro‘sini, malakasini va ish haqqini oshirish, o‘quv dasturlarini yaxshilash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozboo‘lik ishlaridan bo‘shatish kabi vazifalarni qo‘ygan.

Avvalroq Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan.

Muhokamasi 28 iyunda yakunlanadigan va kuchga kiradigan mazkur qarorda 2018 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini 24 foizga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini esa 10 foizga oshirish nazarda tutilgan.

Qarorda, shuningdek, eng yaxshi fan o‘qituvchilarini chet ellardagi yetakchi ta’lim muassasalariga malaka oshirish uchun qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish rejalashtirilmoqda.

O‘qituvchilarni davlat mukofotlariga tavsiya etish salmog‘ini ko‘paytirish, yilda bir marotaba keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari ta’lim muassasasi va xalq ta’limi boshqaruv organlarida 5 yildan ortiq faoliyat olib borayotgan, o‘z kasbiy mahoratini namoyon qilayotgan, ta’lim sifatiga munosib hissa qo‘shayotgan pedagoglar uchun arzon uy-joylar qurilishi dasturi doirasida uy-joy sotib olishlari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish ko‘zda tutilmoqda.

XS
SM
MD
LG