Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:00

Ibodovni kaltaklab o‘ldirgan MXXchilar jazolandi. Boshqa zo‘ravon pogonlilarchi?


2015 yilda MXX yerto‘lasidan chiqqan Ibodovning jasadidagi qiynoq izlari, suratni yaqinlari Ozodlikka taqdim etgan
2015 yilda MXX yerto‘lasidan chiqqan Ibodovning jasadidagi qiynoq izlari, suratni yaqinlari Ozodlikka taqdim etgan

22 iyun kuni mahalliy tadbirkor Ilhom Ibodovning o‘limiga aloqadorlikda ayblangan Davlat xavfsizlik xizmati (sobiq MXX) Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq 9 xodimi uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

44 yashar Ilhom Ibodov va uning 48 yashar akasi Rahim Ibodovlar 2015 yilning 16 avgustida Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobilь bozorida MXX xodimlari tomonidan hibsga olingandi.

Aka-ukalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan savdo qoidalarini buzganlik va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblandi.

Oradan bir oy o‘tib, Buxoro viloyat Milliy xavfsizlik boshqarmasi tergov izolyatoridan Ilhom Ibodovning o‘ligi chiqdi.

Yaqinlari o‘shanda Ilhom Ibodovning MXX xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganini da’vo qilgan, ammo bu da’volar e’tiborsiz qolib kelayotgan edi.

Ammo, 2018 yilning fevraliga kelib - prezident Shavkat Mirziyoevning Buxoro viloyatiga safaridan keyin, viloyat va respublika huquq-tartibot idoralari Ibodovlar oilasi murojaatlariga birdan e’tibor qaratdi.

Natijada, 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy sudi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Buxoro viloyati boshqarmasining Ilhom Ibodov o‘limiga aloqadorlikda ayblangan sobiq 9 xodimi, shu jumladan rahbarlarini, 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etdi.

Ozodlik qo‘lga kiritgan ayrim tergov va sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, 08/26616-18-sonli mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tergov guruhi tomonidan shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoevning ko‘rsatmasi asosida olib borilgan.

Shu tariqa, mahalliy va xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari kuzatuvida shakllangan Buxorolik tadbirkor aka-uka “Ibodovlar ishi” – haqsizlikka uchragan boshqalar pretsedent bo‘ladimi, degan savol o‘rtaga chiqdi.

Ozodlik bu savol bilan bu ish surishtiruvi bilan shug‘ullangan va kuzatgan o‘zbekistonlik huquq faollari - "O‘tyuraklar" klubining sobiq rahbari, hozirda esa asoschisi va prezidenti bo‘lib qolayotgan Mo‘tabar Tojiboeva, Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov va "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Adburahmon Tashanovlarni suhbatga tortdi.

Quyida faollar bilan qurilgan davra suhbatini tinglashingiz mumkin:

Ибодовни калтаклаб ўлдирган МХХчилар жазоланди. Бошқа зўравон погонлиларчи?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:57 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida viloyat faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda Milliy xavfsizlik xizmati (yangi nomi Davlat xavfsizlik xizmati) ni tanqid qildi.

MXXga berilgan cheksiz vakolatni tanqid qilgan prezident, tizim faoliyatini o‘tgan asrning 30-yillaridagi qatag‘onga solishtirgan edi.

Prezident aka-uka Ibodovlarning qiynoqqa solinganini tilga olmagan esa-da, uning qo‘lida MXXning Buxorodagi jinoyatlari haqida yetarli dalillar borlini aytgandi:

“Buxorodan menda juda ko‘p manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. O‘sha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, sog‘-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda ko‘rasizlar. Ularni ham xuddi shu kuyga soldiraman. Nima uchun, adolat bo‘lishi kerak. Yigirma yil bo‘lsa, yigirma yil qamaladi”, degan edi prezident.

22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy sudi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Buxoro viloyati boshqarmasining sobiq 9 xodimi, shu jumladan rahbarlarini, 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 301-moddasi (hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi ) va 235-moddasi (qiynoq) bilan javobgarlikka tortilgan mulozimlar 14 yildan 18 yilga qadar bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Harbiy sud hukmiga ko‘ra:

1. Boshqarma sobiq boshlig‘i Rustam Azimov 14 yilga;

2. Boshqarma boshlig‘ining ichki xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Azim Yunusov 18 yilga;

3. Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i In’omjon Ma’rupov 16 yilga;

4. Boshqarma tezkor vakili Umid Bobomurodov 18 yilga;

5. Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rovshan Rajabov 16 yilga;

6. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Rustam Jumaev 18 yilga;

7. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Umid Inog‘omov 18 yilga;

8. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Jamshid Safarov 18 yilga;

9. Buxorodagi Qorovulbozor qamoqxonasi “loxmach”i Aleksandr Ivanov 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, Buxoro viloyati IIB Post-patrul xizmati boshlig‘i o‘rinbosari A’zam Kamalovga eng kam ish haqining 400 baravari miqdordagi jarima jazosi tayinlanib, sud zalidan ozod qilindi.

XS
SM
MD
LG