Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:52

Bishkekda boshliq qo‘l ostidagi militsionerni, O‘shda militsioner boshlig‘ini kaltakladi


Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi binosi.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi binosi.

Bishkek shahar Birinchi May tuman Ichki ishlar boshqarmasining ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimini kaltakladi. 26 iyunda ma’lum qilinishicha, kaltaklangan militsioner og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan. Uning bosh suyagi va burni singan, qulog‘i ayrilgan.

Бишкекда бошлиқ қўл остидаги милиционерни, Ўшда милиционер бошлиғини калтаклади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:47 0:00

O‘shda esa 3 iyun kuni viloyat Jinoyat qidiruv militsiyasi xodimi o‘z boshlig‘ini kaltaklagan. Kaltaklangan militsiya polkovnigi yengil tan jarohatlari olgani aytilmoqda.

Har ikki voqea nima sabadan yuz bergani, janjal nimadan kelib chiqqani xabar qilinmadi. Bu voqealar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

-Bunday voqealarga albatta chora ko‘ramiz. Surishtiruv ishlari natijasini jamoatchilikka yetkazamiz. Bu voqealar bugungi jamiyatimizda yuzaga kelgan ko‘rinishlarning militsiyada ham aks etayotgani belgisidir,- dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz O‘ro‘zaliev.

Bosh vazirning xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Abdrahman Mamataliev esa bu voqealarni kuchishlatar organlarga davlat nazoratining susayib ketgani bilan bog‘laydi:

-Bu voqealarning hammasi Ichki ishlar vazirligida tartib-intizomning buzilgani, davlat nazorati va islohotlarning yo‘qligi bilan izohlanadi, -dedi Abdrahman Mamataliev.

Bundan tashqari Qirg‘izistonda militsiya xodimlarining pora bilan qo‘lga olinishi holatlari ham muntazam kuzatiladi. Masalan, 26 iyun kuni Ichki ishlar vazirligining bosh tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va uning qo‘l ostidagi tergovchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlangan.

Shulardan kelib chiqqan holda, prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 27 iyunda parlamentda qilgan chiqishida, Ichki ishlar vaziridan tezkor islohotlarni amalga oshirishni talab qildi.

-Militsiya xodimlari 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab yangicha tartibda va zamon talablariga amal qilgan ravishda faoliyat yuritishi shart,- dedi prezident.

Biroq qirg‘izistonliklar so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda militsionerlarning noqonuniy harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga guvoh bo‘lishmoqda.

Bu masalada ijtimoiy tarmoqlarda fikr qoldirayotgan ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday vaziyatda huquq-tartibot organlarida o‘tkazilishi kutilayotgan tezkor islohotlar samarali bo‘lishiga ko‘p ham ishonishmayapti.

XS
SM
MD
LG