Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 15:20

Karimov davrida taqiqlangan “Okaxon” filmi Mirziyoev davrida namoyish qilindi


Asardagi asosiy qahramon rolini Faxriddin Shamsimatov ijro qilgan.

Iyul oyidan boshlab O‘zbekiston kinoteatrlarida "Yoshlar ijodiy tajriba" studiyasida suratga olingan “Okaxon” (yana bir nomi "Ro‘yo" ) badiiy filmi namoyishi boshlandi. Taniqli prozaik va sobiq davlat mulozimi Murod Muhammad Do‘st ssenariysi asosida suratga olingan bu film taqiqqa uchrab¸ 5 yildan beri tokchada qolayotgan edi.

Ssenariy muallifi¸ taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st Ozodlik muxbiri bilan yozishuvda: “Ssenariy shaklida yozilgan narsa. Besh yil tokchada yotdi. Shu quda taraf (MXX nazarda tutilgan) bekitib qo‘ygan edi. Ularniyam kino taqdimotiga taklif qildik”,deya bildirdi.

Adolatsiz jamiyat uchun yaralgan yolg‘on

Film rejisseri Mirmaqsud Oxunovning Ozodlikka 3 iyul kuni aytishicha¸ bu asar “o‘z yolg‘oniga asir bo‘lgan odam haqida” hikoya qiladi:

- Film o‘z ishlarini yuritish uchun aslida yo‘q bo‘lgan “Okaxon”ni to‘qib chiqargan va bu feyk “Okaxon” soyasida ish bitirgan o‘zbek tadbirkori haqida¸ degan suhbatdoshga ko‘ra¸ kino qahramoni oxir-oqibat o‘zi to‘qigan yolg‘onining soyasiga aylanib qoladi.

Filmning ikkinchi rejisseri Ahmad O‘narboev Ozodlik bilan suhbatda asosiy rollarni ijro qilgan Faxriddin Shamsimatov, Farhod Abdullaev, Muhammadsoli Yusupov, Nigora Karimboeva kabi aktyorlar mahorati kino muvaffaqiyatini ta’minlaganini aytadi:

- Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda ilk martaba 27 iyun kuni ziyolilar uchun zakritiy pokaz qildik. Murod Muhammad Do‘stga xos bo‘lgan Ezop tili va kinoyani tomoshabin tushundi¸ deb o‘ylayman. Filmning ta’sirli chiqishida uni suratga olgan operator Muzaffar Yusupovning ham roli katta bo‘ldi¸ deydi bu suhbatdosh.

“O‘zbekkino” milliy agentligi Axborot kommunikatsiya bo‘limi boshlig‘i Bahodir Muhammedov Ozodlik bilan suhbatda tokchada turgan kinolarning namoyish qilinishini “Mirziyoev davrining xosiyati” deb baholadi:

-"O‘zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan "Yoshlar ijodiy tajriba" studiyasida suratga olingan bu kinoni xalqaro kinofestivallarga taqdim qilish ustida ish olib borayapmiz. Jamiyat bilan birga kino ham ochiqlik sari qadam tashlamoqda. Filmning kinotomoshabinlar tarafidan iliq kutib olingani va tushunilganiga guvoh bo‘ldim. Kinoni o‘zim ham bola-chaqam bilan tomosha qildim. Kino - tomoshabinlarning barcha qatlamlari ko‘ra oladigan asar ekanligiga o‘zim guvoh bo‘ldim¸ deydi mulozim.

Бир кунда Туркиянинг уч вилоятида ўнлаб ўзбек фоҳишалари қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00
Бевосита линк

"O‘zbekkino" mulozimi filmning nega taqiqlangani va tokchada 5 yil qolib ketgani sabablariga aniq-tiniq javob bera olmadi. Rejisser Mirmaqsud Oxunovning Ozodlikka aytishicha¸ 2013 yili suratga olingan film o‘sha paytdagi "O‘zbekkino" milliy agentligi Badiiy ekspertiza bo‘limi tarafidan qabul qilinmagan.

Tokchaga tashlangan filmlar

O‘tgan 25 yil davomida O‘zbekistonda minglab kino suratga olindi va ulardan ba’zilari sayoz va bachkanaligi bois¸ Badiiy kengashdan o‘tkazilmagan. Ayni paytda mavjud mafkura quyushqoniga sig‘magan o‘nga yaqin film ham tokchaga qo‘yilgan. Ozodlik bilan o‘tgan yilgi suhbatda¸ taniqli artist Obid Asomov o‘zi suratga olgan filmning ham tokchaga tashlab qo‘yilganini aytgan edi.

“Ayniy romani asosida olingan “Sudxo‘rning o‘limi” seriali 10 yildan beri “O‘zbektelefilm” tokchasida chang bosib yotibdi”¸ deydi film muallifi Ulug‘bek Yo‘ldoshev.

O‘zbekistonlik kinomunaqqid Botir Eshquvvatov Ozodlik bilan suhbatda¸ tokchaga qo‘yilgan kinolarning hammasi ham shedevr emas¸ degan fikrni bildirdi:

- Bachkanaligi¸ saviyasizligi uchun tokchaga qo‘yilgan asarlarni reabilitatsiya qilish tarafdori emasman. Ammo “Okaxon” filmi rasmiy siyosiy ramkaga sig‘magani uchun taqiqlanganiga guvohman. Film qonun emas¸ “boy otalar” gapi o‘tayotgan jamiyatni hajv qiladi. Yaxshi va ishonarli film. “Sudxo‘rning o‘limi” serialida ham bugungi mulozimlar o‘zlarining qiyofalarini ko‘rishgani bir sabab bo‘lsa¸ Tojikiston bilan siyosiy aloqalar taranglashgani ikkinchi sabab bo‘ldi. Bugun tokchaga siyosiy taqiq bois qo‘yilgan kinolar ko‘rsatilishini olqishlayman. Ayni paytda saviyasi past kinolarning Badiiy kengash qaroriga binoan tokchaga qo‘yilishini ma’qullayman¸ deydi munaqqqid.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ "Okaxon" filmi Karimov davrida siyosiy taqiqqa uchrab¸ Mirziyoev davrida reabilitatsiya qilinib¸ jamoatchilikka namoyish etilayotgan filmlarning birinchisidir.

XS
SM
MD
LG