Линклар

Шошилинч хабар
19 июл 2018, Тошкент вақти: 01:31

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi xorijliklarni migratsiya qaydiga olish tartibiga yangilik kirituvchi qonunni imzoladi.

2018 yilning 27 iyun kuni Vladimir Putin imzolagan va huquqiy ma’lumotlar portalida e’lon qilingan 163-FZ qonunida “xorij grajdanining Rossiya Federatsiyasidagi yashash joyi” va “xorij grajdanining Rossiya Federatsiyasida qabul qiluvchi tomon” tushunchalariga yangicha talqin berildi.

Yangi qonunga ko‘ra¸ mehnat muhojiri bundan keyin ish beruvchi adresi bilan registratsiyadan o‘ta olmaydi.

Endilikda faqat mehmonxonasi yoki xususiy yotoqxonasi bo‘lgan korxonalargina ishga yollanayotgan muhojirlarni rasmiy qaydga olishi mumkin.

Bundan buyon Rossiyaga kelgan mehnat muhojiri jismoniy shaxslarnikida qaydga turishi shart.

Qonun tashabbuskorlari bu o‘zgartishlardan maqsad Rossiya hududiga kirganidan so‘ng hech qaerda qaydda turmagan muhojir uchun ma’sul jismoniy yoki yuridik shaxsni aniqlash ekanini ta’kidlamoqda.

163-FZ qonuni joriy yilning 9 iyuldan kuchga kiradi.

Mutaxassislar bu qonun migrantlarning registratsiya qaydiga tura olishni murakkablashtirishi, qalbaki hujjat sotuvchilar sonini ko‘paytirishi va natijada minglab va minglab muhojirlarning nolegal holatga o‘tishidan ogohlantirmoqda.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Moskva viloyatining “Grinvud” va Moskva shahrining “Saxarovo” markazida ishga ruxsatnomani olish uchun allaqachon yangi tartib asosida o‘z registratsiya qog‘ozlari bilan kelish talabi qo‘yilmoqda. Vaholanki bungacha muhojirlar birinchi oyda shu markazning o‘zida qaydga olib kelingan.

Migrantlar haqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Tong Jahoni” tashkiloti rahbari Valentina Chupik Ozodlik bilan suhbatda yangi qonun markaziy osiyolik muhojirlar hayotini yanada murakkablashtirishini aytadi.

Asli toshkentlik Valentina Chupik - Rossiyadagi migrantlar bepul yuristi
Asli toshkentlik Valentina Chupik - Rossiyadagi migrantlar bepul yuristi

- Migratsiya qaydi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan yangi tahrirlar – bu katta kulfat! Chunki u yerda qonun chiqaruvchilar migratsiyaga qayd etish joyini amalda yashash joyi bilan birlashtirib yubordi. Ya’ni, endilikda migrant ish joyida va tanish-bilishlarinikida qaydda tura olmaydi. U faqat real yashayotgan joyidagina qaydga turishi mumkin! Bu qonunga muvofiq odamlar qaerga qaydga turishlari kerakligi aniq ko‘rsatilmagan. Ular mustaqil ravishda migratsiya xizmatiga murojaat qila olmaydilar ham! Bundan chiqdi, muhojir o‘zini registratsiya qilayotgan rossiyalikka tobelikka o‘tadi. Endi ular qaydga turmasdan, nolegal holatga o‘ta boshlaydi. Saxarovo markazida allaqachon migratsiya qaydisiz patent bermasliklarini e’lon qilishdi, dedi Valentina Chupik.

Mutaxassisga ko‘ra¸bu qonun kuchga kirganidan so‘ng legal tarzda rasmiy qaydga tura olmagan muhojirlar ishga ruxsatnoma – patent olishdan mosuvo qoladi.

- Chunki patent rasmiylashtirish uchun migratsiya qaydi zarur. Bundan chiqdi, Rossiya byudjetiga xorijlikdan soliqlar kelib tushmaydi, oylik patent tushumlari to‘xtaydi. Ish beruvchilar biror muhojirga patent rasmiylashtirgan taqdirda ham qayd muhlati tugaganidan keyin u ishchisining qaydini cho‘zdira olmaydi, chunki qaydga olish uchun har kimda ham shaxsiy yotoqxonalari bor emas. Nolegallar soni ko‘payadi. Ammo bu “migrantlar soni kamayadi”, degani emas! Endilikda bolalar va nafaqaxo‘rlarga ketishi kerak bo‘lgan muhojirning soliqlari poraxo‘r-politsiyachilar qo‘liga tusha boshlaydi, dedi Valentina Chupik.

В.Чупик: Муҳожирлар аҳволи янада мураккаблашиши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:36 0:00
Бевосита линк

Huquq faoli joriy qilingan qoidalar pul evaziga qalbaki “registratsiya” qilayotgan rossiyaliklar soni ham ko‘payishi, bundan chiqdi “rezina kvartiralar” uchun jinoiy javobgarlikka tortilganlar soni ham ko‘payishini bashorat qiladi.

- 2009 yilda FMSning ichki buyrug‘ida migrantlarni faqat yashash joyiga qaydga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Ish beruvchilardan yotoqxona, mehmonxonalar bilan shartnoma tuzish talab qilingan. Ana o‘shanda Qozon vokzalida qalbaki hujjatlar bozori “gullab-yashnagandi”! Hukumat bu qarori bilan yana o‘sha davrlarni qaytarmoqda. Qalbaki hujjatlarni ko‘tarib yurgan ishchilarimiz politsiyaning o‘ljasiga aylanadi. Bu qarorda zarracha davlat manfaati yotgani yo‘q, deydi huquq faoli.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ 2017 yilda mehnat muhojirlari Rossiya byudjetiga 161 milliard rubl miqdorida soliq to‘lagan. Bundan 47 milliardi Moskva shahar byudjetiga mehnat migrantlari to‘langan soliqlardir.

XS
SM
MD
LG