Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:49

O‘zbekiston elchixonasi Xarkov universtitetiga talaba kiritishni monopoliya qilganmi?


Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkov shahri universitetlarida ta’lim olayotgan ayrim o‘zbekistonlik talabalar o‘zlari bilan shartnoma tuzgan vositachi shirkatni korruptsiya va monopoliyada aybladi. Ozodlik o‘z surishtiruvi asnosida "Baraka-in" vositachi shirkatining Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi "tashabbusi" bilan ta’sis etilganini aniqladi.

Toshkentlik 21 yashar Javlon (Ismi o‘zgartirilgan-tahr.) hozir Xarkovdagi Karazin nomli universitetda ta’lim olmoqda.

U O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga ko‘zi yetmagani bois "Baraka-in" shirkati bilan shartnoma tuzib, Karazin universitetida o‘qiyotgan 300 o‘zbek talabasidan biridir.

Ozodlik bilan suhbatda Javlon Xarkovdagi universtetga kelishiga sabab bo‘lgan "Baraka-in" shirkatini uni "sog‘in sigir"ga aylantirganlikda aybladi:

"Men Karazin Universitetiga "Baraka-in" nomli firma orqali kelganman. O‘zim kirmoqchi bo‘lsam¸ menga: "siz O‘zbekiston vatandoshi bo‘lganingiz uchun biz bilan kontrakt tuzgan "Baraka-in" shirkati orqali keling," degan javobni oldim. Shirkatning Toshkentdagi vakili menga avval boshida sizlarni o‘qishga kiritganimiz uchun 1 million 200 ming so‘m olinadi, boshqa ortiqcha pul olinmaydi, kontrakt pulini ham universitetga to‘laysizlar, biz aralashmaymiz, kirish uchun ekzamen yo‘q," deb firma tomonidan shartnoma tuzilgan. Ukrainaga kelgandan so‘ng, bizga yo‘q deyilgan ekzamen aslida bor ekan," - dedi Javlon.

Javlon shirkat u va boshqa talabalardan shu kunlarda ham tinimsiz pul undiraëtganidan nolidi:

"O‘zbekistonda bizga aytilmagan katta miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirdik. Firma bizga aytmasdan universitet bilan 3 tomonlama shartnoma tuzib olgan. Lekin bizni qo‘limizga kontraktni bermadi. O‘zbekistonlik talabalarda hech qanday huquq yo‘q. Talaba kontrakt pulini universitetga emas firmaga to‘laydi. Aslida kontrakt 3150 dollar, lekin biz 4200 dollar to‘laymiz. Firma har yili 1050 dollarga yaqin pulni har bir talabadan o‘zlashtirib olayapti. Qo‘limizda hech qanday shartnoma yo‘q, universitet bizga shartnoma qog‘ozini berishdan bosh tortayapti. Universitetdagi korruptsiya ko‘lami haqida aytishga ham hojat yo‘q¸" deydi Javlon

Karazin universitetining tibbiyot va huquqshunoslik fakultetida o‘qiyotgan yana ikkita o‘zbek talabasi ham Javlon aytgan gaplarni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Ularning e’tiroz bildirishicha, yiliga 3 ming dollar turadigan kontrakt pulini 4 ming qilib to‘lashga majbur bo‘lishmoqda.

Karazin Universitetining kontrakt bilan ta’lim oluvchi talabalar bo‘limi boshlig‘i Larisa Maksimenko Ozodlikka o‘zbekistonlik talabgorlarni o‘qishga kiritish bilan "Baraka-in" shirkati shug‘ullanishini aytdi.

Larisa Maksimenko abiturent uchun mustaqil ravishda hujjat topshirish amalda deyarli imkonsiz ekanini qo‘shimcha qildi:

- Nima qilasiz ovora bo‘lib kelib?! Firma oraqli qilsangiz, tez bo‘ladi. O‘zingiz kelsangiz, biz talab qilgan hujjatlarni taqdim qila olmaysiz baribir. Arablar¸ eronliklarning ham o‘z shirkatlari. O‘zbek talabalari uchun "Baraka-in" xizmat ko‘rsatadi, - dedi Larisa Maksimenko.

Shirkat vakili: Hammasi qonuniy

Ozodlik "Baraka-in" shirkatining O‘zbekiston va Ukrainadagi uch vakili bilan suhbatlashdi.

Ularga ko‘ra, talabalarga konsalting va boshqa amaliy xizmat ko‘rsatish borasidagi kontraktda imzolangan majburiyatlar "og‘ishmay" bajarilmoqda.

Shirkatning Xarkovdagi bo‘limi vakili Murod Userov talaba¸ shirkat va universitet o‘rtasi tuzilgan shartnoma shartlarini Ozodlikkka tushuntirishga urindi:

- Sizga shikoyat qilayotgan talaba huquqshunoslik fakultetida o‘qiydi. O‘z huquqini taniydigan odam. Shartnoma ostiga imzo chekish ma’suliyatini biladi. Bizning Toshkentdagi vakilimiz ularga hamma narsani tushuntirgan. Shartnoma bo‘yicha viza ko‘magi qildik¸ taklifnoma yubordik. Hujjatlarni ukrain tiliga tarjima qilib berdik. Kiev aeroportida kutib oldik¸ yotoqxonaga joylashtirdik. Shartnoma bo‘yicha u pulni bizga o‘tkazadi¸ biz esa universitetga. Bu aytgan ishlarimiz uchun shartnomada ko‘rsatilgan haqqimizni olayapmiz¸ - dedi Murod Userov.

Elchixona nazorati ostida

Ukraninada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar koordinatori Humoyun Mirzo Aripjanovning Ozodlika bildirishicha, "Baraka-in" shirkati O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi¸ xususan elchi Alisher Abdualiev tashabbusi bilan ochilgan:

- O‘zbek talabalarining shubhali shirkatlar va tovlamachilar qo‘liga tushmasligi uchun Ukrainadagi O‘zbekiston respublikasining elchisi Alisher Abdualiev ishonchli shirkat qurish tashabbusi bilan chiqdi. Bu shirkat o‘zbek talabalarining istiqboli uchun xizmat qilmoqda, - dedi Mirzo Aripjanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra¸ shirkat o‘zi olib kelgan talabalar holidan muntazam xabar olib turadi:

- Yaqinda to‘rtta studentni "otchislenie" qilishmoqchi edi. Pulini to‘lay olmadi¸ deb. Ota-onasi bizga "to‘laymiz" deb va’da bergandan keyin, talabaning kontraktini to‘lab berdik. Mana bitta o‘zbek talabasi kasal bo‘lib qoldi. Butun ishimni tashlab, shu bolaning ahvolidan xabar oldim. Yuzlab vatandoshimiz bizning sharofatimiz bilan talaba bo‘ldi. Hammasi mamnun. Shular ichida bir ikkitasi norozi bo‘lsa, bordir. Men yuz dollarlik kupyura emasman-ku hammaga yoqsam¸ dedi u.

Украинада ўқийдиган ўзбек ëшлари вакили Ҳумоюн Мирзо Арипжанов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:20 0:00
Бевосита линк

Olqishga loyiq?

Ismini ochiqlamaslikni so‘ragan O‘zbekiston elchixonasi vakili Ozodlik bilan suhbatda¸ shirkat ishini olqishladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra¸ ayni shirkat taklifi bilan o‘qishga kelgan 100dan ortiq talaba oladigan diplomlar O‘zbekistonda imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadi.

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi qaroriga asosan reytingda birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilangan. Baraka.in shirkati tavsiya qilgan Karazin universiteti mana shu ro‘yxatga kiradi¸" - dedi elchixona vakili.

Ammo Ozodlikka shikoyat qilgan talabalarning davo qilishicha¸ ulardan pul olayotgan shirkat elchixona nazorati ostida faoliyat olib bormoqda:

"Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasiga dardimizni aytishdan hammamiz qo‘rqamiz, chunki elchi o‘zi kelib talabalar bilan uchrashuvda "bu firma mening taklifim bilan tashkil etilgan," deb aytdi. Hozir 1-kurs tugadi¸ ko‘pchilik talabalar o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirayapti. Shuning uchun hech kim "Baraka-in" shirkati ustidan shikoyat qilish niyati yo‘q¸" - dedi talaba.

Xarkovga kirishdan maqsad - o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish

Ozodlik muxbiri o‘z surishtiruvi davomida Xarkov universiteti O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun "aylanma yo‘l " ekanini aniqladi.

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekistonlik "dallol" o‘zini bu sxemaning eng quyidagi xalqasi ekanini aytdi:

- Men Xarkov universtitetiga O‘zbekistondan talaba topib berish bilan shug‘ullanaman. Har bir student uchun 150 dollar suyunchi olaman. Bor yo‘q manfaatim shu. Mana siz Toshkentdagi yuridicheskiy yoki ToshMIga kira olmaysiz. Kirish uchun 50 ming dollar pulingiz yo‘q. Sizni shu pulning choragidan ham oziga ToshMI talabasi qilish garantiyasini men beraman. Ukrainadagi elchixonamiz Xarkovdagi universitet bilan dogovor imzolagan. Borib o‘sha yerda bir yoki ikki yil o‘qiysiz¸ keyin sizni ToshMIga perevod qilamiz. Qarabsizki siz 50 ming dollar to‘lagan talaba bilan bir partada o‘tiribsiz. Eng muhimi bu hammasi qonuniy" - dedi u.

XS
SM
MD
LG