Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:30

Quvasoyda shifokorlar ko‘cha tozalash ishida, bemorlar navbat kutishmoqda


Quvasoy tibbiyot birlashmasida vrach va xamshiralar ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqilgani sabab, shifoxona va poliklinikada bemorlar navbat kutib qolishgan
Quvasoy tibbiyot birlashmasida vrach va xamshiralar ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqilgani sabab, shifoxona va poliklinikada bemorlar navbat kutib qolishgan

O‘zbekiston prezidentining sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash haqidagi qat’iy ko‘rsatmasiga qaramay, Farg‘onaning Quvasoy shahri Tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari ko‘cha tozalashga jalb etilganliklari haqda Ozodlikka shikoyat qilishdi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasining ismi sir qolishini istagan xodimi Ozodlikka vrach va xamshiralar ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqilgani sabab, shifoxona va poliklinikada bemorlar navbat kutib qolishganini aytdi.

- Shahar hokimi Adham Ziyovutdinov ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqib ishlatmoqda. Hech kim bemorlar haqida o‘ylamaydi. Ahir biz ko‘cha tozalash uchun tibbiyot birlashmasiga ishga kirganimiz yo‘qku, biz shifokorlar bemorlarga qarashimiz kerak. Bu yerda bemorlar navbat kutib qolishyapti, - deydi birlashmaning ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan xodimi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasining Ozodlik suhbatlashgan boshqa yaga bir necha xodimi shahar hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan har juma obodonlashtirish ishlariga majburlanayotganliklarini tasdiqlashdi.

- Har juma o‘zimizni territoriyani tozalayapmiz. Hokimiyat kasalxona oldida territoriya bo‘lib bergan, shu yerlarni ham tozalaymiz, - dedi Tibbiyot birlashmaning Ozodlik suhbatlashgan mulozimi.

Ozodlik Quvasoy Tibbiyot birlashmasi xodimlarining ushbu shikoyati yuzasidan munosabat olish uchun Quvasoy shahar hokimiyatiga qo‘ng‘iroq qildi.

Hokim yordamchisi Ozodlik savolini eshitgach telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarlaridan biri xodimlar ko‘cha tozalash ishiga olib chiqilayotganini tasdiqladi. Lekin, unga ko‘ra asosan texnik xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra olib chiqilmoqda.

Eslatamiz, 17 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov jurnalistlar uchun brifing o‘tkazib, byudjet xodimlari va talabalarni jamoat ishlariga majburlash taqiqlanishi, bunga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan jinoiy javbogarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkinligini aytgandi.

O‘z chiqishida Allamjonov prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqandga tashrifi oldidan obodonlashtirishga jalb qilingan o‘qituvchining o‘limiga sabab bo‘lgan mansabdorlar ham javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

Shu yilning 14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeeva katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG