Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2021, Тошкент вақти: 09:05

Tojikistonlik ayol: Militsiya xodimlari meni qip-yalang‘och yechinishga majburladi


Kibriyo Yo‘ldosheva

Spitamenlik 33 yoshli tadbirkor ayol Kibriyo Yo‘ldosheva tuman militsiya bo‘limi xodimlari so‘roq paytida uni xo‘rlagani va yalang‘och bo‘lib yechinishga majburlaganini iddao qildi. Ma’lum bo‘lishicha, “Dunyo” oshxonasi egasi bo‘lgan bu ayol joriy yil may oyida hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanib ushlangan.

Kibriyo Yo‘ldosheva Spitamen tuman IIVBning uch nafar xodimi uni so‘roq qilganini 9 iyul kuni aytdi.

«Kiyimim ostiga ovoz yozib oluvchi qurilma yashirib olgan bo‘lishim mumkinligini taxmin qilib, meni qip-yalangg‘och bo‘lib echinishga majbur qilishdi. Hatto paypoqlarimni ham yechishimga to‘g‘ri keldi. Men intim joylarimni yopishga ruxsat so‘radim, lekin ular buni rad etishdi. Mana shunday holatda men ularning ba’zan tayinsiz bo‘lgan savollariga bir necha soat davomida javob berdim», - deydi tadbirkor ayol.

Kibriyoning iddao qilishicha, militsiya xodimlari unga tegmagan, lekin ularning qarashlari va savollari tahqirlovchi bo‘lgan. So‘roqdan keyingi kuni Kibriyo Yo‘ldosheva militsiya xodimlari ustidan Tojikiston respublikasi Bosh prokuraturasi tergovchilariga shikoyat qildi. Bu mojaroni tergov qilish bilan Spitamen tumani prokuraturasi shug‘ullanayapti.

Kibriyo Yo‘ldosheva
Kibriyo Yo‘ldosheva

Spitamen tuman IIVB tergov bo‘limining boshlig‘i Yunus Bahronov Kibriyo Yo‘ldosheva militsiya xodimlari tomonidan so‘roq qilinganini tasdiqladi. Yo‘ldoshevaga nisbatan firibgarlik fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar qildi u. Lekin Yunus Bahronov tadbirkor ayolning so‘zlariga ko‘ra, uni yalang‘och bo‘lib yechinishga majburlaganligi aytilayotgan hamkasblariga qo‘yilayotgan aybni inkor qildi. «Kibriyo Yo‘ldoshevaning shikoyatidan so‘ng, ichki tekshiruv o‘tkazildi, u militsiya xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlar qilinganini aniqlamadi»,- dedi Yunus Bahronov.

Firibgarlik haqidagi ishni tergov qilish hali yakunlanmagan. Kibriyo Yo‘ldoshevaga yirik miqdordagi jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari tahdid solmoqda. Yo‘ldoshevaning o‘zi esa bankka 6 ming dollar kreditni qaytarib bo‘lganini aytayapti.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Samarqandda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari o‘g‘irlikda gumon qilinib ushlangan ayollarni yalang‘och bo‘lib echinishga majbur qilishgani va buni videoga olishganidan keyin katta janjal kelib chiqqan edi. Videoyozuvda taxminan 35 yoshlardagi ayol kadr ortida ko‘rinmay turgan erkak kishi majburlovi ostida ustidagi kiyimlarini birin-ketin yechayotgani ko‘rinadi.

Videodan olingan kadr
Videodan olingan kadr

XS
SM
MD
LG