Линклар

Шошилинч хабар
22 сентябр 2018, Тошкент вақти: 02:31

O‘zbekistonliklar 250 ming dollargacha to‘lab, chet elda operatsiya qildirishga majbur bo‘lmoqda


Illyustrativ surat.

Transplantatsiyaga oid qonunning yo‘qligi o‘zbekistonlik bemorlarni qiyin ahvolga solib qo‘yayapti. Ta’lim vaziri 40 yildan buyon kapital ta’mirdan chiqmagan maktablarni borib ko‘rdi. Xorazmda erining kaltaklaridan bezor bo‘lgan ayol uni pichoqlab o‘ldirdi.

_____________________________________________________________

Transplantatsiyaga oid qonunning yo‘qligi o‘zbekistonlik bemorlarni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda

O‘zbekistonda transplantatsiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yo‘qligi bemorlarni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda (“Jamiyat”, 6 iyul). Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jaevaga ko‘ra, o‘zbekistonlik bemorlar 15 mingdan 250 ming dollargacha to‘lab, chet elda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘layapti. Bu esa mamlakatda inson organlari, to‘qima va hujayralarini transplantatsiya qilishga oid qonun qabul qilish g‘oyat dolzarbligini ko‘rsatadi. Xabarga ko‘ra, ayni paytda Qonunchilik palatasida “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etilmoqda. Navbatdagi muhokamalarda deputatlar inson a’zolarini ajratib olishga majbur qilish uchun jinoiy javobgarlikni joriy qilish lozimligini taklif etgan.

Xalq ta’limi vaziri salkam yarim asrda davomida ta’mirlanmagan xarob maktablarni borib ko‘rdi

Yangi tayinlangan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatidagi maktablarni aylanib, ko‘p yillardan buyon yig‘ilib qolgan muammolarga e’tibor qaratdi (“Oila davrasida”, 12 iyul). Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha 18 ta maktab to‘liq rekonstruksiyaga, 349 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj. O‘nlab maktablar achinarli ahvolda, 35-45 yil davomida ta’mirlanmagan. Yuzlab maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o‘tish uchun sport zali mavjud emas. 474 ta maktabda ta’lim oluvchilar soni maktab sig‘imidan 50 foizga ortiq. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 20 yil davomida Xalq ta’limi vazirligi maktablar bilan bog‘liq muammolardan ko‘z yumib, sohada olamshumul yutuqlarga erishilayotgani haqida hisobot berib kelgan.

Xorazmda xiyonat sabab qotillik ro‘y berdi

Xorazmda xiyonat sabab qotillik ro‘y berdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi vakili Bahrom Salaev ma’lum qilgan (“Huquq”, 12 iyul). Ismi oshkor etilmagan 32 yoshli hamshira eri xiyonat qilayotganini gumon qilib, unga qasdma-qasd o‘zi ham jazman topgan. Xiyonat esa oilaviy janjalni kuchaytirgan. Er xiyonat yo‘liga kirgan ayolini kaltaklashni odat qilgan. Ana shunday janjallardan birida ayol erini pichoqlab o‘ldirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi qotil ayolga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar, xususan, ushbu oilaning 3 farzandi taqdiri ochiqlanmagan.

XS
SM
MD
LG