Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2018, Тошкент вақти: 04:15

Tojik-O‘zbek chegarasidagi "Do‘stlik bozorlari" kasodga uchradi


Tojikistonnning Tursunzoda va O‘zbekistonning Sariosiyo tumanlari chegarasidagi bozor. 1 iyulgacha bu bozorda 300 o‘zbek va 120 tojik tadbirkori ishlardi. Hozir deyarli bo‘sh.

Iyul oyi boshidan Tojikistondan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Tojikistonga mahsulotlar olib o‘tishga cheklovlar kiritilgani ikki mamlakatda ochilgan bozorlar faoliyatini falajlab qo‘ydi.

O‘zbek va tojik bozorlari ikki mamlakat o‘rtasida mart oyida vizasiz bordi-keldi shartnomasi imzolanishi ortidan chegaraoldi hududlarida ochilgan edi.

Aholi orasida bu bozorlar "Do‘stlik bozorlari" nomini olgan.

Cheklovlarga muvofiq, Tojikistondan Ozbekiston hududiga bir kishiga kuniga faqat 10 kilogramm va O‘zbekistondan Tojikistonga 40 kilogramm miqdorida oziq-ovqat va sanoat mollari otkazishga izn beriladi.

Tojikistonlik tadbirkor Otabek Sodiqov har kuni Dushanbe shahridan Surxondaryo viloyatidagi Denov shahriga elektr asboblari olib borib, “Tojikbozor”da sotardi.

Ammo yangii cheklovlar ornatilishi ortidan tadbirkor Denovga borishni to‘xtatdi.

Otabek Sodiqov O‘zbekistonga borib savdo qilishdan naf qolmaganini aytadi.

“Men tadbirkor sifatida Dushanbedan Denovga duxovka, multivarka, myasorubka, televizor va mobil telefon olib borib sotardim. Denovda tort qavatli “Tojikbozor”da ham tojik va ozbek tadbirkorlari oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari sotardi. Cheklovlar joriy etilganidan beri Denovga borganim yo‘q. Hozir bozor ishlayaptimi yoki yo‘q, bilmayman, - deydi tadbirkor.

Tojikistonning Sog‘d viloyatidagi eng katta Ozbekiston oziq-ovqat va sanoat mollari bozori - “Somon”da ham mahsulotlar va tadbirkorlar soni kamaygan.

Ozini Alisher deb tanishtirgan bir tadbirkorning Ozodlikka aytishicha, mahsulotlarni olib otishda cheklovlar joriy etilishi ortidan Ozbekistondan “Somon” bozoriga oziq-ovqat va sanoat mollari olib otish keskin ozaygan.

Sog‘d viloyati Konibodom tumanidagi jurnalist Mahmudjon Shermuhammadning aytishicha, ayni shunday holat Konibodom shahridagi “Dostlik” bozorida ham kuzatilmoqda.

“Hozir “Dostlik” bozorida tujjorlar ham va xaridorlar ham ozaygan. Ozbek tadbirkorlariga kuniga 40 kilo miqdorida mahsulot olib otishga izn berilgan. Shunindek, Ozbekistondan Tojikistonga tuxum, piyoz va boshqa o‘simliklar urug‘i, un va un mahsulotlari olib otish taqiqlagan” -deydi jurnalist.

Mahaliy tahlilchi Shamsiddin Jalolov bunday vaziyatning yuzaga kelishida tojikistonlik va ozbekistonlik monopolist guruhlarni aybladi.

“Bu hodisa geopolitik manfaatlardan emas, balki monopolist guruhlarning iqtisodiy manfaatlari tufayli yuz berdi. Ular guruhiy manfaatlarini milliy manfaatlardan yuqori qo‘ymoqdalar. Agar bunday amallar oldi olinmasa, ikki qoshni davlat orasidagi iqtisodiy va tijoriy hamkorliklarga jiddiy putur yetishi mumkin,”- deydi Shamsiddin Jalolov.

Uning fikricha, Tojikiston va Ozbekiston hukumati vakillaridan iborat qoshma komissiya chegarada yuzaga kelgan mazkur hodisani har tomonlama organib, muammo yechimini topishlari lozim.

Mart oyida Tojikiston va Ozbekistonda vizasiz bordi-keldi yo‘lga qo‘yilishi ortidan tojik va ozbek vatandoshlari katta miqdorda bir-birlariga oziq-ovqat va sanoat mollari olib o‘ta boshlashdi.

Ammo bugungi kunda tijoriy eyforiyadan nom-nishon ham qolmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan endilikda temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 AQSh dollari miqdorida hamda avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda esa – 300 AQSh dollari miqdoridagi quyidagi tovarlarni 1 kalendar oy davomida 1 donadan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin.

Bular har bir xonadon uchun zarur bo‘lgan sovutgich, muzlatgich, konditsioner, kir yuvish mashinasi, chang yutgich, gaz plitasi, elektr plita, televizor, mikroto‘lqinli pech, duxovkali pech, elektr go‘sht qiymalagich, dazmol, fen, oshxona kombayni, telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefoni, kompyuter texnikasi, printer va ko‘p funksiyali ofis qurilmasi, planshet kompyuter, noutbuk, oshxona idishi (bir to‘plam) kabi tovarlardir.

Shuningdek, boshqa har bir nomdagi tovar (masalan oziq-ovqat, kiyim kechak, kanselyariya, xo‘jalik mollari)dan 2 kg, ammo umumiy og‘irligi 10 kg.dan oshmaydigan tovarlardan bojxona to‘lovlari undirilmaydi.

Jismoniy shaxslar tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib o‘tishning miqdoriy normalari jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan belgilangan davrda birinchi marta o‘tishida qo‘llaniladi. Bunda bojxonachilar chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning pasportiga qo‘yiladigan belgidagi sanaga asoslanishadi. Ro‘yxatda qayd etilgan har qanday tovar belgilangan norma va davriylikdan ortiq olib o‘tilganda esa o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.

XS
SM
MD
LG