Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:27

Turkiya Qirg‘izistondan gulanchilarga qarshi kurashni talab qilishda davom etmoqda


Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jengiz Kamil Firat.
Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jengiz Kamil Firat.

Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Anqara Bishkekda gulanchilarga qarshi kurash masalasini hamon kun tartibida saqlab qolayotganini bildirdi.

Туркия Қирғизистондан гуланчиларга қарши курашни талаб қилишда давом этмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga bergan intervyusida elchi Jengiz Kamil Firat:

-Gulan tashkilotining tuzilmasiga nazar solsak, bu yerda ular savdo, maorif va boshqa ijtimoiy loyihalarda faoliyat yuritmoqda, deb o‘ylaymiz. Biz bu masalada qirg‘iz hukumati bilan muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. Masalan, “Sebat”, hozirda “Sapat” deb ataladigan maktablar yuzasidan talablarimizni qirg‘iz tomoniga taqdim etdik. Bu masalada qirg‘iz tomoni qanday qaror qabul qilishini kutib turibmiz, -deb aytdi.

Turkiya elchisi 2018 yilning 6 iyun kuni Qirg‘izistonning Baliqchi shahrida “Sebat/Sapat” maktabining ochilishiga ham norozilik bildirgan edi. O‘shanda Jengiz Kamil Firat “bu holat turk prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘onning Qirg‘izistonga rejalashtirilayotgan safariga salbiy ta’sir qilishi mumkin”, deb aytgan.

Elchining bildirishicha, Erdo‘g‘on sentabr oyida Bishkekka keladi. Mana shu tashrif doirasida Qirg‘izistonda Turkiya nazarida gulanchilarga mansub bo‘lgan tashkilotlar masalasi hal etilishi mumkin.

Turkiya “Sebat/Sapat” tizimi o‘rniga davlatga qarashli “Ma’orif” jamg‘armasi maktablari tashkil qilinishini taklif qilmoqda.

Jengiz Kamil Firatning bu bildiruvi “Sebat/Sapat” maktablari tizimining noroziligaga sabab bo‘ldi. 16 iyul kuni “Sebat/Sapat” tomonidan tarqatilgan bayonotda:

-“Sapat”ning barcha maktablari Ma’orif va fan vazirligi litsenziyasiga ega hamda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. O‘quv dasturi davlat dasturiga muvofiq keladi va bu dasturni Ma’orif va fan vazirligi tasdiqlagan. 1994 yildan beri “Sapat”ning o‘quvchilari xalqaro hamda mahalliy olimpiadalarda 72ta oltin, 125ta kumush va 216ta bronza medalga sazovor bo‘lgan. Maktab bitiruvchilari "Google", "Samsung", "Microsoft", "Coinbase", "Deloitte" kabi xalqaro yirik shirkatlarda ishlamoqda, - deb aytiladi.

Turkiya hukumati 2016 yildan beri Qirg‘izistondan Anqara 2016 yilning 15 iyulida muvaffaqiyatsiz tugagan davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda ayblayotgan ulamo Fathulla Gulanga aloqador ekani aytib kelingan “Sebat/Sapat” maktablarini yopishni talab qilib keladi.

Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on 9-10 aprel kunlari Anqaraga davlat tashrifi bilan borgan Qirg‘iziston rahbari So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovni Bishkekdan boshpana topgan gulanchilarga qarshi kurashga chaqirgan edi.

-Gulanchilar bizda qilgan ishini ertaga Qirg‘izistonda ham amalga oshiradi. Yuzma-yuz va delegatsiyalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda ham biz mana shu masalani kun tartibiga qo‘ydik. Bu tashkilot Turkiya uchun qanchalik xavfli bo‘lsa, Qirg‘iziston uchun ham shunchalik qo‘rqinchlidir. Bu tashkilot rahbarlarini qaerda bo‘lmasin qo‘lga olish va tomirini yulib tashlash, prezident sifatidagi majburiyatimizdir,- degan edi Erdo‘g‘on.

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov hamkasbining bu chaqirig‘a rasman javob bermagan va o‘z pozitsiyasini ham oshkor etmagan.

Bundan ikki yil avval Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi prezidenti Almazbek Atambaev Fathullo Gulan tarafdorlarini mamlakatdan badarg‘a qilishga rozi bo‘lmagani ortidan Anqara va Bishkek munosabatlariga sovuqchilik oralagan edi.

XS
SM
MD
LG