Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:08

Tojikistonda qizining to‘yiga bir oy qolganda ota-ona o‘zini o‘ldirdi


Konibodomlik jurnalist Mahmudi Ashurmahmad o‘zining Feysbukdagi sahifasida dastlabki tibbiy ko‘rik natijasida qizi bokira chiqmagani uchun er-xotin o‘z joniga qasd qilgani haqida yozdi.

Tojikiston shimolidagi Konibodom shahrida er-xotinning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq hodisa tergov qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, qizining to‘yiga bir oy qolganida er-xotin o‘z joniga qasd qilgan.

Konibodom shahar prokuraturasidagi manbaning aytishicha, Pulodon qishloq kengashida istiqomat qiluvchi Murodjon G‘aniev 14 iyulga o‘tar kechasi o‘z uyida o‘zini osgan. «14 iyul kuni erta tongda uning xotini Shoiraxon G‘anieva va 19-yoshli qizi taksida Farg‘ona kanali tomon yo‘lga chiqqan, ularning maqsadi cho‘kib ketish edi. Hodisa yaqinida bo‘lgan taksi haydovchisi faqat qizni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi», - deydi manba. Murodjon G‘aniev va Shoiraxon G‘anieva 42 yoshda edi.

Prokuratura bir oila a’zolarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq hodisani tergov qilmoqda. Tergovchilar ularni bu qadamni qo‘yishiga nima majbur qilgani noaniq ekanligini aytishmoqda. Yagona guvoh bo‘lmish - taksichilar tomonidan qutqarilgan qiz o‘zini yo‘qotib qo‘ygani bois savollarga aniq javob bera olmayapti.

Pulodon qishloq kengashi xodimlaridan biri Ayubjon Tohirovning aytishicha, er-xotin 16 iyul kuni dafn etildi. «Menga ma’lum bo‘lishicha, Murodjon va Shoiraxon qizlarining 13 avgustga belgilagan to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Kuyov pul topish uchun Rossiyada mehnat qiladi», -deydi Tohirov.

Tojikistonda nikohni rasmiylashtirmoqchi bo‘lganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va sog‘liqlari haqidagi tibbiyot ma’lumotnomani FXDYoga topshirishlari kerak. VICh, gepatit yoki boshqa kasalliklariga chalinganlarning turmushga chiqishi yoki uylanishi taqiqlanadi.

XS
SM
MD
LG