Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:59

Xelsinkida AQSh va Rossiya prezidentlarining yuzma-yuz uchrashuvi yakunlandi (VIDEO)


Xelsinkida AQSh va Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchrashuvi yakuniga yetdi. Donald Tramp va Vladimir Putinning yuzma –yuz uchrashuvi rejadagidan uzoqroq – 2 soatdan ko‘proqqa cho‘zildi.

Xabar yozilayotgan soatda kengaytirilgan tarkibdagi so‘zlashuvlar davom etayotgan edi. AQSh delegatsiyasi tarkibida Davlat kotibi Mayk Pompeo, Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi Jon Bolton, Oq Uy ma’muriyati boshlig‘i Jon Kelli, Prezidentning Rossiya va Yevropa ishlari bo‘yicha maxsus yordamchisi Fion Xillar bor.

Prezidentlar nimani muhokama qilganiga oid tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.

AQSh va Rossiya prezidentlari - Donald Tramp va Vladimir Putin – Xelsinkida uchrashdi. So‘zlashuvlar Finlyandiya prezidenti saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Har ikkala prezidentni saroy ostonasida Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste kutib oldi. AQSh prezidenti Xelsinkiga yakshanba kuni uchib kelgan edi. Rossiya prezidenti dushanba kunduzi keldi.

Uchrashuv boshida Putin jurnalistlarga so‘zlashuvlarda ham ikki tomonlama, ham xalqaro masalalar muhokama qilinishini aytdi. Donald Tramp Vladimir Putinni Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda savdo, yadroviy qurol masalalari, shuningdek, Xitoy bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Tramp Rossiya bilan AQSh munosabatlari izga tushishiga umid bildirdi.

Prezidentlar suratga tushganidan so‘ng so‘zlashuvlar boshlandi.

Oq Uy uchrashuv yakunlari bo‘yicha rasmiy deklaratsiya e’lon qilinmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Biroq prezidentlar matbuot anjumani o‘tkazadi. Mahalliy soat 17 da boshlanishi kutilgan uchrashuv rejadagidan 1 soat kech boshlandi.

XS
SM
MD
LG