Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:54

Muhammad Bekjon 19 yillik ayriliqdan so‘ng AQShda oila a’zolari bilan uchrashdi (VIDEO)


Muhammad Bekjon uchoqda AQShga uchmoqda.
Muhammad Bekjon uchoqda AQShga uchmoqda.

Qamoqda 18 yil saqlangan jurnalist Muhammad Bekjon erkinlikka chiqarilganidan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan farzandlari bilan ko‘rishiga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston hukumati o‘tgan haftada Muhammad Bekjonga xorijga chiqish ruxsatnomasini bergan.

16 iyul kuni Sietl aeroportida uni qizlari va nabiralari kutib olishdi. Ular otalarini so‘nggi bora 1999 yilda ko‘rgan edilar.

Муҳаммад Бекжон 19 йиллик айрилиқдан сўнг АҚШда оила аъзолари билан учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00

Muhammad Bekjonning qizi Oygul Bekjon o‘zining Feysbuk sahifasida bu haqda “Uni oxirgi marta ko‘rganimizdan beri 19 yil o‘tdi. Quvonchdan ko‘zlarimiz yoshlandi! Ura!” deb yozdi.

Siyosiy mahbus sifatida ko‘rilgan 64 yoshli Muhammad Bekjon o‘tgan yilning 22 fevralida qamoqdan ozod qilingan edi.

Muhammad Bekjon avvalroq Ozodlik radiosiga AQShga farzandlari va nabiralarini ko‘rish uchun vaqtincha borayotgani, farzandlari yashayotgan mamlakatdan siyosiy boshpana so‘ramasligini aytgan.

Muhammad Bekjon muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solihning ukasi va "Erk" gazetasining sobiq bosh muharriridir

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va tergov paytida qiynoqqa solinganini bildirgan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga qamoqxona ichki tartibini buzish ayblovi qo‘yilib, jazo muddati yana 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi.

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti Muhammad Bekjonni “qamoqda eng ko‘p o‘tirgan jurnalistlardan biri” deb atagan.

​Iyun oyida jurnalistning "Qo‘rquvning nariyog‘ida" nomli kitobi Istanbulda joylashgan "Yitik shifo" nashriyotida ming nusxada chop etilgan edi. Kitob umrining 18 yilini O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘tkazgan jurnalist xotiralariga asoslangan.

Ozodlik radiosi 2018 yilning mart oyida Muhammad Bekjon haqida "Qor bosgan qoya yoxud Karimovga muxolif Jasliq tutquni" deb nomlangan filmni tayyorlab, e’lon qilgan edi.

Озодлик фильми: Қор босган қоя ëхуд Каримовга мухолиф Жаслиқ тутқуни
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:25 0:00

XS
SM
MD
LG