Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2018, Тошкент вақти: 10:45

O‘zbekiston Tojikistonda, Tojikiston O‘zbekistonda maktab quradi


Tojikiston va O‘zbekiston Qurilish va arxitektura davlat qo‘mitalari ikki mamlakat hududida 4 maktab va shifoxona qurish to‘g‘risida bitim loyihasini tayyorladi.

Tojikiston Qurilish va arxitektura davlat qomitasi ma’lumotiga kora, mazkur bitim kelgusi oy Tojikiston prezidenti Imomali Rahmoning Ozbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda.

19 iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tojikiston Qurilish va arxitektura davlat qomitasi raisi Jamshed Ahmadzoda Ozbekiston bilan ikki davlat hududlarida maktab va shifoxona qurilishi borasida kelishuvga erishilganini aytdi.

“Ushbu kelishuv asosida Tojikiston o‘z mablag‘i hisobiga Samarqand shahrida 640 orinli tojik maktab va Farg‘ona viloyatida 300 ӯrinli maktabgacha ta’lim muassasasini qurib beradi. Ozbekiston esa Tojikiston shimolidagi Spitamen tumanida 630 orinli ozbek maktab va mamlakat janubidagi Xatlon viloyati, Qubodiyon tumanida 200 yotoq orniga moljallangan tibbiy majmua qurib beradi," - dedi Jamshed Ahmadzoda.

Uning qoshimcha qilishicha, Tojikiston va Ozbekiston Qurilish va arxitektura davlat qomitalari mazkur ob’ektlar qurilishi uchun zarur yer uchastkasi ajratish kabi barcha masalalarni muhokama qilib, qurilish borasidagi bitim loyihasini tayyorlagan.

Jamshed Ahmadzodaning ta’kidlashicha, joriy yilning avgustiga moljallangan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Ozbekistonga davlat tashrifi chog‘ida mazkur bitim imzolanishi kutilmoqda.

Aytilishicha, Tojikiston va Ozbekiston tomonlari mazkur inshootlar qurilishiga yordam beradi.

Jumladan, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish uchun ushbu davlatlar tashkilotlari hamda fuqarolarini jalb etish masalasida ko‘maklashadi.

Joriy yil mart oyida Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat Qurilish va arxitektura davlat qomitalari orasida hamkorlik bitimi imzolangandi.

Tojikiston maorif va fan vazirining birinichi muovini Rahmatullo Mirboboevning 20 iyul kuni Dushanbeda matbuot yig‘ilishida aytishicha, hozirgi kunda mamlakatda 77ta ozbek tilidagi maktab va 426 ta qoshma tojik va ozbek tillaridagi maktab faoliyat korsatmoqda.

“Ozbek maktablarida oquvchilar soni 130 ming nafarni tashkil etadi. Ozbek tilidagi maktablar darsliklar bilan ta’minlangan. Maktablarni oqituvchilar bilan ta’minlash muammosi ham hal bolgan,”- dedi Rahmatullo Mirboboev.

Uning ma’lum qilishicha, joriy yilda Tojikiston va Ozbekiston oliy oquv yurtlari o‘rtasida 20dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan.

Mazkur bitimlar asosida tojik va ozbek vatandoshlari davlat kvotasi yoki alohida tarzda mazkur oquv yurtlarda ta’lim olishlari mumkin.

Otgan yil iyul oyida Ozbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida nashr etilgan “Ozbekiston-Tojikiston: vaqt sinovidan otgan dostlik” hujjatli filmida Ozbekistonda 250 tojik tilidagi maktab mavjudligi va ularda 55 ming nafar o‘quvchi ta’lim olayotgani aytilgandi.

Sobiq Sovet Ittifoqi davrida Ozbekistonda tojik tilidagi maktablar soni 380 edi. Tojikistonda esa ozbek tilida 143 maktab faoliyat qilardi.

XS
SM
MD
LG