Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 00:09

Mashhur qirg‘iz jurnalisti - Ozodlikning qirg‘iz xizmati muxbiri Ulanbek Egizbaev fojeali halok bo‘ldi


Ulanbek Egizbaev matbuot anjumanida.

Qirg‘izistonning so‘nggi paytlardagi mashhur jurnalistlaridan biri, Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri Ulanbek Egizbaev 22 iyulda fojeali halok bo‘ldi.

Машҳур қирғиз журналисти - Озодликнинг қирғиз хизмати мухбири Уланбек Эгизбаев фожеали ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:49 0:00
Бевосита линк

Oilasi bilan dam olishga borgan Ulanbek Egizbaev Issiqko‘lda suvga cho‘kib ketgan. Uni qutqarishgan, biroq u xushiga kelmay, Cho‘lponota shahar kasalxonasida jon bergan.

Ichki ishlar vazirligi Tergov Bosh boshqarmasi ishchi guruhi voqea joyida jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

28 yoshli Ulanbek Egizbaev o‘zining hukumatdagi korrupsiya fosh etilgan jurnalistik surishtiruvlari bilan jamoatchilik orasida shuhrat qozongan edi. Uning qator hujjatli filmlari xalqaro darajadagi mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Доимо қалбимиздасан, Уланбек
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:16 0:00

Bishkek va O‘shda Ulanbek xotirasiga mitinglar o‘tkazildi

2013 yildan beri Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati - Azattik muxbiri bo‘lib ishlab kelgan Ulanbek Egizbaevni xotirlash marosimi 23 iyulda Azattikning Bishkek byurosida soat 11da boshlandi.

Bishkekda o‘tkazilgan mitingda prezident va hukumat vakillari, parlament deputatlari, jamoat va davlat arboblari hamda jurnalistni tanigan, bilgan odamlar, Azattik muxlislari ishtirok etdi.

Mitingda prezident, hukumat va parlament rahbarlarining Ulanbek Egizbaev vafoti munosabati bilan bildirgan ta’ziyalari o‘qib eshittirildi. Yig‘ilganlar Ulanbek borasidagi xotiralari bilan ham o‘rtoqlashdilar.

O‘shdagi miting tushdan keyin soat ikkida Jurnalistlar hiyobonida boshlanishi kutilmoqda.

Ulanbek Egizbaevning jasadi 24 iyulda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qo‘chqor tumanining Ko‘kjar qishlog‘ida dafn etiladi. Janoza soat ertalabki 10da o‘qiladi.

Jurnalist korrupsiya yuzasidan o‘tkazgan jurnalistik surishtiruvlari bilan tanilgan edi

Ulanbek Egizbaev so‘nggi ikki oyda Tarix muzeyidagi noqonuniy ko‘rinishlar to‘g‘risida “Siyosatlashgan mumiya”, Bishkek va uning atrofida marhumlarni dafn etish uchun mozorlar sotilayotgani to‘g‘risida “Qabristondagi korruptsiya”, Bishkek meriyasi tomonidan yerlar noqonuniy sotilgani, bojxona tarmog‘idagi korrupsiyaga oid jurnalistik surishturuvlarni o‘tkazgan va maxsus teleko‘rsatuvlar sifatida jamoatchilikka taqdim etgan edi.

So‘nggi paytlarda unga telefon orqali turli tahdidlar bo‘lgan va tushunarsiz xatlar olgan edi.

Egizbaev bir oy oldin Qirg‘iziston jurnalistikasi faxriylari tomonidan joriy etilgan “Oltin qalam” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

2016 yilda u suratga olgan “Orzu” deb nomlangan hujjatli film Nyu-Yorkda Internet-Oskar deb baholanadigan Webby Awards mukofotini olgan edi.

Ulanning "Yo‘l" degan hujjatli filmi namoyish etilgach, film qahramoni Keneshbek Shorukovga Qirg‘iziston hukumati “Xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” unvonini bergan.

“Bugunning Duysheni” deb nomlangan hujjatli filmi esa Nyu-York teleko‘rsatuvlar festivalining kumush medaliga sazovor topilgan.

Ulanbek Egizbaevning o‘limi qirg‘iz ijtimoiy tarmoqlaridagi asosiy mavzuga aylandi

Ulanbek Egizbaevning o‘limi ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Foydlanuvchilar “Qirg‘iz jamiyati asl farzandlaridan biridan judo bo‘ldi, endi hatto tushlarida Ulanni ko‘rib qo‘rqib turadigan korrupsioner amaldorlar bayram qilib, osh bersalar kerak” kabi sharhlarni qoldirmoqdalar.

Foydalanuvchilarning bir qismi “Ulan o‘z ajali bilan o‘lganiga ishonmaymiz”, “Unga o‘lish uchun kimdir yordam bergan bo‘lishi mumkin” qabilidagi shubhalarni ham bildirmoqdalar.

Ozodlik radiosi hamkasbimiz Ulanbek Egizbaevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur qayg‘u bilan ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

XS
SM
MD
LG