Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:36

Tramp Ruhoniy bilan Eronga mislsiz “oqibatlar” bilan tahdid qildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (orqada) bilan birga uchrashuvda ishtirok etmoqda. Tehron, 22 iyul.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif (orqada) bilan birga uchrashuvda ishtirok etmoqda. Tehron, 22 iyul.

AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitter orqali Eron prezidenti Hasan Ruhoniyni “aslo, hech qachon” Qo‘shma Shtatlarga tahdid qilmaslikdan ogohlantirdi. Aks holda u “tarixda misli ko‘rilmagan” oqibatlarga duch kelishini aytdi.

Trampning 22 iyul kuni Tvitterda yirik harflar bilan qoldirgan izohidan oldin Ruhoniy Trampni Tehronga nisbatan dushmanlik siyosati yurgizishdan ogohlantirgan edi.

− Amerika Eron bilan tinch bo‘lish barcha tinchliklarning tinchligi ekanini, Eron bilan urush barcha urushlarning urushi bo‘lishini bilib qo‘yishi kerak, − dedi u Eron diplomatlarining 22 iyuldagi yig‘inida.

− Sen Eron xalqini mamlakat xavfsizligi va manfaatlariga qarshi qo‘zg‘atishga qodir emassan. Eron xalqi o‘z manfaatlarini yaxshi biladi va uni himoya qilish uchun qurbonlar ham bermoqda. Sen xato qilasan, − deya qo‘shimcha qildi Ruhoniy.

Tramp Tvitterda mana bunday deb yozdi: “BOSHQA HECh QACHON AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIGA TAHDID QILMA, AKS HOLDA BOSHINGGA TARIXDA MISLI KO‘RILMAGAN KO‘RGULIKLARNI SOLAMIZ. BIZ ENDI SENING BUZMAKORLIK VA O‘LIM HAQIDAGI SO‘ZLARINGNI INDAMAY ESHITIB O‘TIRADIGAN MAMLAKAT EMASMIZ. KO‘ZINGGA QARA!”

Eronning Basij qo‘shini qo‘mondoni G‘ulom Husayn G‘aybparvar Trampning izohini “ruhiy urush”dan boshqa narsa emas, deb atadi.

‒ U Eronga qarshi qo‘l ko‘tarishga jur’at eta olmaydi, ‒ deya undan iqtibos keltiradi yarim rasmiy ISMA axborot agentligi. ‒ Biz hech qachon inqilobiy qat’iyatlarimiz va e’tiqodimizdan qaytmaymiz. Eron xalqi va qurolli kuchlari dushmanlarga qarshi kurashadi, ammo taslim bo‘lmaydi.

Eronning IRNA axborot agentligi Tramp Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning so‘zlaridan “nusxa ko‘chirgani”ni aytdi. Vazir janoblari G‘arb mamlakatlarini 2015 yili yadro dasturi muhokamasi vaqtida “hech qachon hech bir eronlikka tahdid qila ko‘rmaslik”dan qayta-qayta ogohlantirgan edi.

O‘sha Tvitter izohidan ikki soat oldin Pompeo Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xamenei va boshqa islomiy hukumat a’zolarini “ikkiyuzlamachi dindorlar” deb tanqid qilgan edi.

Tramp joriy yilning may oyida Qo‘shma Shtatlar 2015 yilgi Eronning yadro dasturi bo‘yicha kelishuvidan chiqqanini va Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etganini e’lon qildi. AQSh ma’muriyati o‘shandan beri Tehronga bosim o‘tkazib keladi.

XS
SM
MD
LG