Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 02:32

Qurg‘oqchilik tufayli Shvetsiya fermerlari mollarini so‘yishga majbur bo‘lmoqda


Shvetsiyada misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik tufayli yaylovlar qurimoqda. Natijada pichani tugab borayotgan fermerlar o‘z mollarini qassobga topshirishga majbur bo‘lmoqda.

Bu yil Shvetsiyada oxirgi yuz yil ichidagi eng issiq yoz kuzatilmoqda.

May oyidan beri mamlakatda yog‘ingarchilik juda oz bo‘ldi. Iyun oyida bor-yo‘g‘i 13 millimetr yog‘ingarchilik tushdi.

Poytaxt Stokgolm yaqinida o‘t o‘chiruvchilar kuniga 20-30 o‘rmon yong‘inini o‘chirmoqda. Hatto Shimoliy Qutb doirasi ichida ham yong‘inlar kuzatilmoqda.

Shvetsiyaning yirik qismi, Daniya, Norvegiya janubi hamda Finlandiya shimolida havo harorati o‘ta yuqori bo‘lib qolmoqda. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, bu issiq hali-beri tugamaydi.

Natijada o‘t-o‘lanlar yaxshi o‘smayapti. Ayrim fermerlar qishki zahiralarini sarflamoqda, boshqalari mollarini go‘shtga topshirmoqda.

Yana bir muammo pichan taqchilligi mollarning suti kamayishiga va sifati yomonlashishiga olib kelmoqda.

Shvetsiya fermerlari federatsiyasi matbuot kotibi Ulf Uollin:

- Bu Shvetsiya fermerlari so‘nggi 50 yilda duchor bo‘lgan eng og‘ir bo‘hrondir, - dedi.

Kotibning aytishicha, qurg‘oqchilik tufayli ko‘rilgan zarar miqdori ikki milliard Shvetsiya kronasidan (224 million dollardan) oshib ketdi.

Misi ko‘rilmagan krizis ta’sirini yumshatish uchun Shvetsiya fermerlari federatsiyasi mamlakat aholisini Shvetsiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, xususan, mahalliy yetishtirilgan go‘shtni sotib olishga undamoqda.

XS
SM
MD
LG