Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:53

OzodMikrofon: Hokim tenderda halol yutgan yerimni boshqaga berib yubordi


Sariosiyolik tadbirkorning baliq ko‘li
Sariosiyolik tadbirkorning baliq ko‘li

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani "Bog‘i shirin" mahallasida yashaydigan tadbirkor Farhod Eshonqulovning arz qilishicha, u baliqchilik xo‘jaligi uchun tenderdan yutib olgan yerini tuman hokimi boshqa jismoniy shaxs nomiga qaror chiqarib, berib yuborgan.

Tadbirkorning iddao qilishicha, hokim paxta va g‘alla uchun ajratilgan sug‘oriladigan yerlarni ham boshqalarga berib yuborgan.

Farhod Eshonqulovning bu haqda prezidentga yozgan shikoyatidan so‘ng, kadastr bo‘limi xodimlari noqonuniy yerlar borligini aniqlagan va dalolatnoma tuzgan.

Sotilgan yerlarga tuzilgan dalolatnoma
Sotilgan yerlarga tuzilgan dalolatnoma

Ammo, deydi tadbirkor, viloyat hokimi Erkin Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangach, bu dalolatnomadagi faktlarni ham bosti-bosti qilishmoqchi.

Sotilgan yerlarga tuzilgan dalolatnoma
Sotilgan yerlarga tuzilgan dalolatnoma

Сариосиё ҳокими тендерда ютган еримни бошқага бериб юборди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

...................................................................................................................

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG