Линклар

Шошилинч хабар
18 август 2018, Тошкент вақти: 01:58

"GM Uzbekistan" avtomobillari narxini 1 avgustdan oshirmaydigan bo‘ldi


"O‘zavtosanoat" kompaniyasi rasmiy sayti e’loni

"O‘zavtosanoat" kompaniyasi rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra 1 avgustdan GM Uzbekistan avtomobillariga narxlar oshirilmaydi.

Kompaniya rasmiy saytida 1 avgust kuni quyidagi e’lon paydo bo‘ldi:

Fuqarolar diqqatiga!

«GM Uzbekistan» AJ avtomobillari narxi o‘zgargani yo‘q. 30 iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutassadi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oshishining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda o‘rganib chiqilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxlari bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlar va avtomobillar narxi bo‘yicha prays-list ishonchli emasligini bildiramiz.

“O‘zavtosanoat” AJ axborot xizmati

Ozodlik 30 iyul kuni 1 avgustdan O‘zbekistonda GM Uzbekistan mashinalari narxi o‘rtacha 14 foizga oshirilishi to‘g‘risida kun.uz ga tayanib xabar qilgan edi. Bu nashr esa, “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovga tayanib, kun.uz ma’lumot bergan.

Oldinroq Ozodlik "Xalq so‘zi"ga tayanib, GM Uzbekistan shirkati O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqargan avtomobillar narxi 10-12 foizga oshirayotgani haqda xabar qilgan edi.

"Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi o‘zgarish 10-12 foizni tashkil qilishi kutilmoqda", degan edi manba.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.

"GM-O‘zbekiston" qo‘shma korxonasi yiliga 150 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bu avtomobillarning 40 foizi MDH davlatlariga eksport qilinadi.

O‘zbek avtomobilining asosiy importchilaridan biri Rossiyadir.

XS
SM
MD
LG