Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:42

OzodMikrofon: "Militsiyaning aralashuvidan charchadim, choyxonamni yopmoqchiman!"


Farg‘onaning Furqat tumanidagi "Bekobod" choyxonasi.
Farg‘onaning Furqat tumanidagi "Bekobod" choyxonasi.

Farg‘ona viloyatining Furqat tumani Bekobod qishlog‘ida yashovchi tadbirkor Nizomjon Ahmedov Ozodlik bilan suhbatda militsiya xodimlarining “asossiz aralashuvlari” bois uch oy oldin ochgan choyxonasini yopishga majbur bo‘lganini aytdi.

Tadbirkor iddaosicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligi haqidagi chiqishlariga qaramay, tumanda vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda.

37 yoshli Nizomiddin Ahmedov uch oy oldin "Neksiya" mashinasi va boshqa mol-mulkini sotib, 100 million so‘mga "Bekobod" choyxonasini ochdi.

Tadbirkorga ko‘ra, uch oy ichida uning faoliyatiga asossiz aralashmagan idora qolmagan.

- Soliqdan kelishdi, boshqa idoralardan kelishdi, “yangi ochgan ekansiz, hujjatlar noto‘g‘ri deb shtraf qilishdi, to‘ladik. Nalogini vaqtida to‘ladik. Keyin militsiya va uchastka nozirlari tinchimizni bermadi. Uchastka noziri kelib, pogonini ko‘rsatib, “hey, borib prezidentga aytmaysamni, menga gart ham yuqmaydi, prezidentga aytsang ham men haqman”, dedi. Boshida shu uchastkavoylar choyxonamizga kelib, ovqat yeb, pulini to‘lamay ketib yurishuvdi. Borib-borib oshni pulini to‘lamay, lagani bilan olib ketaligan bo‘lishdi. Hozir pichoq suyakka borib taqaldi. Tekshiruvlardan charchadik, choyxonani yopayapmiz”, - deydi farg‘onalik tadbirkor Nizomjon Ahmedov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:14 0:00
Бевосита линк

Ozodlik farg‘onalik tadbirkorning shikoyati yuzasidan izoh so‘rab, Furqat tumani Ichki ishlar bo‘limiga bog‘landi.

Tuman IIBsining Bekobod qishlog‘i bo‘yicha militsiya noziri Bunyodbek Vorisov ular tarafidan tadbirkor ishiga asossiz aralashuv bo‘lmaganini aytdi.

“Biron asos bo‘lgandir-da borilgandir, behudaga borganimiz yo‘q, kelib materiallar bilan tanishishingiz mumkin, lekin men sizga bu haqda telefonda ma’lumot berolmayman, kelsangiz gaplashamiz”, - dedi uchastka noziri Bunyodbek Vorisov.

O‘tgan yil aprel oyidagi chiqishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi kabi holatlarga batamom chek qo‘yish zarurligini alohida ta’kidlagan va Ichki ishlar organlari faoliyatini keskin tanqid qilgandi.

Nizomiddin Ahmedov militsiya va huquq-tartibot idoralarining asossiz aralashuvlari haqida prezident virtual qabulxonasiga ham shikoyat qilgani, hozircha ulardan javob bo‘lmaganini aytdi.

XS
SM
MD
LG