Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:08

Kaliforniya shtati tarixidagi eng yirik yong‘in Los-Anjeles maydoniga teng hududga tarqaldi


Dushanba kuni AQShning Kaliforniya shtatida bir necha alanga birlashib, ulkan bir yong‘inga aylandi. Rasmiylar Los-Anjeles shahri maydoniga teng keladigan hududni qurshab olgan yong‘in shtat tarixidagi eng mudhish yong‘in ekanligini aytishmoqda.

“Mendotsino kompleksi” nomi berilgan yong‘inlar 110 750 ga hudud kulini ko‘kka sovurdi.

CalFire o‘t o‘chirish agentligi rasmiylari dushanba kuni tushlikka yaqin “Mendotsino kompleksi” shtat tarixidagi eng katta yong‘inga aylanganini bildirishdi.

“Mendotsino kompleksi” oldin shtat tarixidagi eng yirik yong‘in bo‘lmish “Tomas yong‘ini” 2017 yilning dekabrida sodir bo‘lgan edi. “Tomas yong‘ini” 1 140 km2 hududga tarqalgan edi.

Kaliforniya shimolida esa “Kar yong‘ini” 625 km2 hudud kulini ko‘kka sovurdi. Rasmiylarning bildirishicha, bu yong‘inga ishdan chiqqan avtomobil sabab bo‘lgan. Ushbu yong‘in 2 000 imorat, jumladan, 1 600 uyga zarar keltirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shtat bo‘ylab 14 mingdan oshiq o‘t o‘chiruvchi yong‘inlarga qarshi kurashmoqda.

Kaliforniya O‘rmonchilik va yong‘indan himoya qilish boshqarmasi yetakchisi o‘rinbosari Skott MakLin yong‘inlar “juda shiddatli, o‘ta agressiv va o‘ta xavfli” ekanligini aytdi.

- Bir necha kun ichida naqadar kattalashganini ko‘rmaysizmi? Mana bu “Mendotsino kompleksi” reytingi qanchalik tez suratda ko‘tarilganiga qarang. Bu misli ko‘rilmagan holat, - dedi MakLin.

Prezident Donald Tramp yong‘inlar haqida noto‘g‘ri tvit yozib tanqidga uchradi. Prezident ularni o‘chirish uchun suv yetarli emasligini iddao qildi.

- Mo‘l-ko‘l suvdan to‘laqonli foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan atrof-muhitni saqlash bo‘yicha qonunlar tufayli Kaliforniyadagi yong‘inlar kuchayib, yomonlashmoqda, - deb yozdi prezident.

CalFire direktori o‘rinbosi Daniel Berlant esa The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aslida yong‘inlarga qarshi kurashish uchun suv ko‘pligini, aslida iqlim o‘zgarishi kuchliroq yong‘inlarga turtki bo‘layotganini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG