Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 17:55

Jurnalistlar: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi informatsion bo‘shliqni to‘ldirish lozim


Tojikistonga safar qilgan o‘zbekistonlik jurnalistlar

7 avgust kuni bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar O‘zbekiston ahliga Tojikistondagi hayoti, ayniqsa, qo‘shni mamlakatdagi o‘zbeklarning madaniy va ijtimoiy turmushi haqida ma’lumot yetkazish maqsadida Tojikistonga keldi. Oxirgi ikki yilda Tojikiston va O‘zbekiston munosabatlarining yaxshilangani manzarasida o‘zbek jurnalistlari ilk bor Tojikistonga safar qilmoqda.

O‘zbekistoning asosiy televizion kanallari, radio va davlat va nodavlat gazetalar vakillaridan iborat hay’at Tojikistoning shahar va tumanlarida mehmon bo‘ldi.

O‘zbekistonda nashr etiluvchi “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharrining muovini Tojiboy Ikromov 9 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda yillar davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashib borgani ikki davlat axborot vositalariga ham manfiy ta’sir ko‘rsatib, davlatlar ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanganini aytdi.

Oxirgi 20 yil davomida ikki davlat o‘rtasida informatsion bo‘shliq paydo bo‘lgandi. Hozir o‘zbek va tojik jurnalistlari mazkur bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilyapti. Ammo buning uchun vaqt kerak. Biz Tojikistondagi voqeiy hayot, ayniqsa, bu mamlakatdagi o‘zbeklar hayotini O‘zbekiston ahliga yetkazish maqsadida Tojikistonga keldik,”-dedi Tojiboy Ikromov.

"Ovozi tojik" gazetasi bosh muharrining muovini Tojiboy Ikromov
"Ovozi tojik" gazetasi bosh muharrining muovini Tojiboy Ikromov

“O‘zbekiston 24” telekanalining muxbiri Zebo To‘xtaevaning aytishicha, O‘zbekiston xalqining aksari Tojikistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, tojik xalqining turmush tarzi haqida deyarli ma’lumotga ega emaslar.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston jurnalistlari ushbu safar jarayonida Tojikiston xalqi hayoti va bu mamlakatdagi o‘zgarishlar, o‘zbeklar madaniy hayoti haqida video, audio va maqolalar tayyorlamoqdalar.

Tojikistonda juda ko‘p uzbeklar yashaydi. O‘zbek va tojiklarning tili boshqa bo‘lsa ham, dili bir. Biz Tojikistonga safarda mana shu yakdillik shohidi bo‘ldik”-dedi Zebo To‘xtaeva.

O‘zbekistonlik jurnalist Zebo To‘xtaeva
O‘zbekistonlik jurnalist Zebo To‘xtaeva

Tojikistonda o‘zbek tilida rasmiy “Xalq ovozi” gazetasi nashr etiladi, davlat radio va televideniyasida maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar bor.

O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasida esa tojik tilida o‘zbekisitonlik tojiklar uchun “Ranginkamon” nomi ko‘rsatuv mavjud.

Shuningdek, tojik tilida “Ovozi tojik” gazetasi chiqadi.

Ikki kun oldin 13 jurnalistdan iborat bir guruh Toshkentdan Xo‘jand shahriga kelib, shimoliy Tojikistondagi Bo‘ston, Guliston, Bobojon G‘afurov, Istaravshan, Shahriston va Panjakent shahar va tumanlarida mehmon bo‘ldi.

9 avgust kuni esa Dushanbe shahrida muloqotlar o‘tkazmoqda. Kelgusi ikki kun davomida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatiga safar qiladi.

O‘zbek jurnalistlarining Ozodlikka aytishicha, oxirgi ikki yil ichida O‘zbekistonda axborot sohasida siyosat butkul o‘zgargan va matbuot erkinligi vaziyati yaxshilangan.

Tojikistonda juda ko‘p uzbeklar yashaydi. O‘zbek va tojiklarning tili boshqa bo‘lsa ham, dili bir. Biz Tojikistonga safarda mana shu yakdillik shohidi bo‘ldik
Zebo To‘xtaeva

Ularga ko‘ra, mamlakatdagi 20 telekanalning aksari mustaqil bo‘lib, mamlakatdagi mavjud muammolarni yoritishga harakat qiladi.

O‘zbek jurnalistlari mamlakatda so‘z erkinligi yaxshilanganidan gapirar ekan, Tojikistonda oxirgi yillarda mustaqil axborot vositalari va jurnalistlarga hukumat organlari tomonidan bosimlar kuchaygani kuzatilmoqda.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Tojikistondagi aksar gazeta va jurnallar siyosiy mavzularni chetlab o‘tadi va hukumatni tanqid qiluvchi maqolalarni nashrga bermaydi.

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti Tojikistonda "jurnalistlarga nisbatan qo‘rqitish va zo‘ravonlik saqlanib qolingani"ni ma’lum qilgan.

2010 yildan shu kungacha Jinoyat kodeksining 8 moddasiga Internet tarmoqlariga oid o‘zgartirishlar kiritilgan.

Jumladan, Tojikiston prezidentini Internet tarmoqlarida tahqirlash yoki unga to‘hmat qilish, davlat tizimini ag‘darishga da’vat etish va terrorchilik amallariga ommaviy chaqiriq bilan chiqish jinoyat hisoblanadi.

Aybdor deb topilganlar 2 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

"Chegara bilmas reporterlar" Tojikistonni “qizil hududga” – ya’ni matbuot erkinligi va Internet sohasidagi vaziyat qoniqarsiz bo‘lgan mamlakatlar safiga kiritgan.

XS
SM
MD
LG