Линклар

Шошилинч хабар
19 октябр 2018, Тошкент вақти: 14:01

O‘zbeklar nega o‘z yurtiga viza ololmayapti?


O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi.

O‘zbekistonga sayyohlik vizalarini olish soddalashtirilgani haqidagi xabarlardan ilxomlanib Toshkentga otlangan asli o‘zbekistonlik o‘nlab chet el vatandoshiga sayyohlik vizasi berilmayotir. Ozodlikka bu haqda shikoyat qilganlarning aksari muhojirlikda yashab chet el fuqroligini olgan va Islom Karimovning 2014 yilda chiqqan farmoni bilan o‘zbek fuqaroligidan maxrum etilgan muxolifatchilar, huquq himoyachilari, jurnalistlar hamda ularning qarindoshlaridir.

Bir oy avval O‘zbekiston dunyoning 101 davlati fuqarolari uchun e-viza tizimini joriy etdi.

O‘zbekiston prezidentining 4 iyul kungi “Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shu davlat fuqarolari O‘zbekistonga 20 dollarga uch kun ichida viza olib safar qilishlari mumkinligi aytildi.

Bundan tashqari prezidentning qarori tranzit yo‘lovchilarga O‘zbekistonda besh kungacha vizasiz qolish imtiyozini ham berishi bildirildi.

Bu to‘rt yil avval o‘zbekiston vatandoshligini yo‘qotgan 61 yoshli AQSh vatandoshi Isoqjon Zokirov uchun o‘n ikki yillik uzilishdan so‘ng vatanini ziyorat qilishga fursat edi.

Lekin, Zokirovga O‘zbekistonga sayyohlik vizasi berilmagan.

AQSh fuqarosi Isoqjon Zokirov.
AQSh fuqarosi Isoqjon Zokirov.

- Men muxolifat saflarida bo‘lganim uchun berishmayotgandir, lekin men AQSh vatandoshiman, O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarilganman. Bir sayyoh sifatida bir oyga O‘zbekistonga bormoqchiman xolos, u yerda uzoq qolish niyatim ham yo‘q, lekin menga viza berishmayapti, - deydi Isoqjon Zokirov.

Исоқжон Зокиров билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:11 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonga sayyohlik vizasi ololmayotgan faqat Zokirov emas.

Britaniyada sal kam 15 yildan buyon yashayotgan 81 yoshli xorazmlik olim Ahmad Xoji Xorazmiyga ham sayyohlik vizasi rad etilgan.

Xorazmlik olim prezident Mirziyovening xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklarga qarata “qaytinglar” degan murojaatidan ilxomlanib, vatanini ziyorat qilish uchun Londondagi o‘zbek konsulligiga sayyohlik vizasi olish uchun ariza topshirgani, lekin rad javobini olganini aytadi.

Doktor Ahmad Xoji Xorazmiy.
Doktor Ahmad Xoji Xorazmiy.

​- Topshirdim, o‘n kun bo‘ldi javob yo‘q. Keyin o‘zim konsullikka telefon qildim, Toshkent hal qiladi buni, biz bu yerda pochtalyonmiz xolos, deyishdi. Keyin pasportimni qaytarib berishdi, viza yo‘q, - deydi Ahmad Xoji Xorazmiy.

Vatanni ziyorat qilish ilinjida Mirziyoevning 2018 yil 4 iyulda imzolagan qaroridagi 101 davlat fuqarolariga O‘zbekistonga 5 kungacha vizasiz qolish huquqini beruvchi imtiyoz bilan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lganlar ham bo‘ldi, lekin ular Toshkentga kiritilmay ortga qaytarildi.

Amerikada yashayotgan 31 yoshli tadbirkor Bobur Hasan o‘tgan hafta Moskva orqali Toshkentga uchib kelib, 3 kunga O‘zbekistonda qolishni niyat qilgan edi.

O‘zbekistonga 50 million dollarlik sarmoya kiritish ahdida bo‘lishiga qaramay tadbirkor Toshkentga kiritilmadi.

Amerikalik tadbirkor Bobur Hasan.
Amerikalik tadbirkor Bobur Hasan.

- Shu qarorga ishonib bordim Toshkentga. Besh kun emas uch kunga tranzit to‘xtab o‘tmoqchi edim. Tokentda AQSh pasportimni berdim, men tranzit yo‘lovchi, Hyatt mehmonxonasida zona rezerv qilganman. Prezident qarorini ularga pesh qildim. Pasport nazorati xodimi qaergadir chiqib ketdi va keldi va sizni o‘zbekistonga kirishingiz taqiqilangan, dedi va meni kelgan uchog‘im bilan Moskvaga qaytrib yuborishdi, - deydi Bobur Hasan.

Бобур Ҳасан билан суҳбат.
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:45 0:00
Бевосита линк

Qo‘lida o‘zbek pasporti bilan borib, Toshkent aeroportidan ortga qaytarilganlar ham bo‘ldi.

Shvetsiyada 58 yoshli o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov 23 may kuni O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum qilinib, Toshkent aeroportidan qaytarildi.

Qurbonovga prezident farmoniga ko‘ra, besh yil ichida O‘zbekistonda bo‘lmaganligi bois vatandoshlikni yo‘qotganligini ma’lum qilishgan.

Shvetsiyada yashovchi o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov.
Shvetsiyada yashovchi o‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov.

- Mening qaytishimga asosiy sabab prezident Mirziyoevning chaqirig‘i bo‘ldi. «Qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsin, ota-enasini oldiga kelib yashayversin», degan gaplari menga turtki bo‘ldi, - deydi Muhiddin Qurbonov.

Муҳиддин Қурбонов билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:13 0:00
Бевосита линк

Ozodlik chet el fuqaroligini olgan ayrim sobiq o‘zbek vatandoshlariga viza berilmayotgani sababini so‘rab O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasiga bog‘landi.

Ismi sir qolishini istagan konsullik boshqarmasi mulozimi alohida olingan shaxslarga viza berilmagani yuzasidan izoh berolmasligi, lekin umumiyatla avval O‘zbekiston vatandoshi bo‘lib, rasman chiqqan va boshqa davlat vatandoshligini olganlarga hech qanday istisnosiz sayyohlik vizalari berilishini aytdi.

"Hozir O‘zbekistonga sayyohlik vizasi 101 davlat fuqarolari uchun juda qulaylashtirilgan. E-viza tizimi orqali uch kunda olishi mumkin. Oldin o‘zbek fuqarosi bo‘lgan ekan, ularga berilmaydi, degan gap yo‘q. Qo‘lida pasporti bo‘lsa, o‘zbek vatandoshligidan rasman chiqqan bo‘lsa, biron ishkal qilmagan bo‘ldi, viza beriladi. Endi ayrimlar kiritilmagan bo‘lsa, ayrimlarga viza rad etilgan bo‘lsa bu dunyo konsullik praktikasida bor narsa. Hamma davlatda bor bu. Kimdir AQShga ham kiritilmay orqasiga qaytarilishi mumkin," - dedi Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi mulozimi.

O‘zbekistonlik jurnalist "Center - 1" nashri bosh muxarriri Galima Buxorboeva fikricha, Karimov davrida quvg‘inga uchraganlarning Mirziyoev davrida ham vataniga kiritilmayotgani ikkita narsaga aniqlik kiritdi.

- Birinchidan Toshkent qochqinlarning mamlakatga kelishini xohlamayapti. Karimov davrida quvilganlar Mirziyoev hukumatiga ham dushman bo‘lib ko‘rilmoqda. Ikkinchidan hukumat o‘z qonunlarini o‘zi bir tiyinga olmayapti. 15 iyulda kuchga kirgan qaror hali siyohi qurimasidan buzilayotganini ko‘rib turibmiz, - deydi Buxorboeva.

Ayni paytda Parijdagi "O‘t yuraklar" klubi rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva xorijda muhojirlikda yashayotgan va o‘zbek fuqaroligidan mahrum etilgan inson huquq faollari muxolifatchi va jurnalistlar nomidan “Fuqaroligimizni tiklang, Ona vatanimizga yo‘lni oching!” degan mazmunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevaga murojaat bilan chiqdi.

O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum bo‘lgan, bugungi kunda turli mamlakatlarda yashayotgan fuqarolik jamiyati faollari 2014 yilning 16 iyun kungi Islom Karimov tomonidan imzolangan PF-4624 sonli Farmonni bekor qilishini talab qilishgan.

XS
SM
MD
LG