Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2018, Тошкент вақти: 16:32

O‘zbekistonlik erkin kurashchi tungi klubdagi pichoqbozlikda halok bo‘ldi


O‘zbekistonlik kurashchi Jamshid Kenjaev.

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjaev Toshkentdagi Aurum 898 tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida halok bo‘ldi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgani, tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.​

8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjaev olamdan o‘tdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan qo‘riqchilarning 3 nafari - 29 yoshli Shodali Qilichev, 24 yoshli Saidazim va 26 yoshli Jahongir qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgani, tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klub vaqtinchalikka yopib qo‘yilgan.

Pichoqlashuvga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Aurum 898 tungi klub binosi oldidagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan video tarqaldi.

Pichoqlashuv manzarasi tushib qolgan videoda tungi klub kirish eshigi oldida ziddiyat yuzaga kelgach, Jamshid Kenjaev ekani ishonilayotgan shaxs qo‘riqchilardan biriga sovuq qurol bilan tashlangan. U ikki qo‘riqchini jarohatlagan, ammo boshqa qo‘riqchilar undan pichoqni tortib olib, uni o‘lasi qilib kaltaklashgan, sportchiga pichoq bilan 10dan ortiq zarba berilgan.

Kenjaev olingan og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan. Ayni vaqtda ikki qo‘riqchi, Sherali Ilyasov va Abdurasul Mirzaev ham shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Jamshid Kenjaev 61 hamda 65 kg vazn toifalarida 2014 yilda Incheonda bo‘lgan Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, 2015 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston nomidan qatnashgan edi.

XS
SM
MD
LG