Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 08:47

"Tolibon" delegatsiyasi Toshkentda O‘zbekiston rasmiylari bilan muzokara o‘tkazdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaliz Komilov.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaliz Komilov.

2018-yilning 6-10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

«Tolibon» qurolli harakatining vakillari O‘zbekiston TIV vakillari bilan xavfsizlik, Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘llar bilan bartaraf etish va mamlakatdan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Muzokaralarda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev ishtirok etdi.

Associated Pressning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Oliy Kengashi matbuot kotibi Exsanulla Taxeriga tayanib ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rasmiylari quroli guruh vakillari bilan bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvdan avval rasmiy Qobul bilan maslahatlashgan va ularning ruxsatini olgan.

Bir oy muqadam musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti vaqtida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida uch kunlik muvaqqat yarashga erishilgan edi. Shuningdek, shu kunlarda so‘ngi 17 yil mobaynida Qobulga ilk bor «Tolibon»ning qurolsiz vakillari kirdi.

"Tolibon" harakati mintaqadagi eng yirik va so‘nggi chorak asrga yaqin vaqt mobaynida Afg‘onistonda jang olib borayotgan jangari guruhlardan biridir.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘z davlati tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afg‘oniston va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etishga tayyor"ligini bildirgan.

Shu yil mart oyida 20 dan ortiq xorijiy davlat va qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanga Tolibon ham taklif etilgan, lekin harakatdan hech kim Toshkentga kelmagan edi.

XS
SM
MD
LG