Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:53

Sportchi o‘limi ortidan Toshkentdagi tungi klublarda o‘tkazilgan reydlarda xodimlar kaltaklandi


Toshkentdagi “Letniy sad” va “Vachach” klublarida kuzatuv kamerasiga tushib qolgan reyd tasvirlarida kamuflyaj kiygan militsiya xodimlari odamlarni yerga bosib, dubinka bilan urayotgani, kafedagi anjomlarni tepib, sindirayotganini ko‘rish mumkin.
Toshkentdagi “Letniy sad” va “Vachach” klublarida kuzatuv kamerasiga tushib qolgan reyd tasvirlarida kamuflyaj kiygan militsiya xodimlari odamlarni yerga bosib, dubinka bilan urayotgani, kafedagi anjomlarni tepib, sindirayotganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar IIB xodimlari erkin kurash bo‘yicha sport ustasi, 25 yashar Jamshid Kenjaevning o‘limi ortidan poytaxtdagi tungi klublarda besh kundan buyon reydlar o‘tkazmoqda.

Tungi klublar xodimlari va mijozlari o‘tgan chorshanba, 8 avgustda sportchi o‘ldirilgani ortidan boshlangan bu reydlar davomida reyd o‘tkazuvchilar tomonidan kaltaklanganini aytmoqda.

Toshkentdagi “Letniy sad” va “Vachach” klublari kuzatuv kameralariga tushib qolgan reyd tasvirlarida kamuflyaj kiygan militsiya xodimlari odamlarni yerga bosib, dubinka bilan urayotgani, kafedagi anjomlarni tepib, sindirayotganini ko‘rish mumkin. Bunday videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Toshkentning Parkent ko‘chasida joylashgan “Letniy sad” klubi menejeri Ozodlik bilan suhbatda 14 avgust kungi reydda klub qo‘riqchisi, ofitsianti va di-jeyi Toshkent shahar IIBsidan kelgan reydchilar tarafidan qattiq kaltaklanganini aytib berdi:

- Kech 11 da yopilishimiz haqida ogohlantirishgandi. Biz shunday qildik. Lekin, ichkarida ayrim mijozlar yana ozgina o‘tiraylik, deyishgandi. Kafeni 11 da yopib, qolgan mijozlarniyu ketishini kutib turgandik, birdan militsiya xodimlari, patrul va omonchilar avtobusda bostirib keldi, dervozani buza boshladi. Xavfsizlik kamerasiga qarasam omonchilar klub tomidan o‘tib kafe ichkarisiga kirib kelyapti. Keyin qo‘riqchini qo‘lini qayirib olib ketdi. Ofitsiantlarimizdan birini yotqizib kaltaklashdi. Di-jeyimizni ham qattiq kaltaklashdi. Stollarni tepib, sindirib, xodimlarimizni o‘tin kabi avtobusga otib olib ketishdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:15 0:00
Бевосита линк

Toshkentdagi "Letniy sad" kafesi.
Toshkentdagi "Letniy sad" kafesi.

“Letniy sad” klubi di-jeyi “Shoxa” kaltak oqibatida yurolmay qolganini aytarkan, bunday dedi:.

- Dahshat bo‘ldi o‘sha kuni. Haligacha o‘zimga kelolmayapman, yurolmayman, barmoqlarim qimirlamaydi. O‘sha kuni omonchilar meni yerga yotqizib qo‘yishdi. Keyin orqa sochimdan tortib turg‘izib buyrak qismimga tepishdi. Qo‘limni qayirib olib ketishdi. Hozir ham barmoqlarim qimirlamayapti. Men muzikantman, saksofon chalaman, klarnet, fortepiano chalaman. Endi, to‘g‘risi, kimga chalishni ham bilmay qoldim. Shumi tarbiya? Shumi bizda san’atchilarga munosabat? Toshkentning qaeridagi klubda kimdir o‘ldirilgan bo‘lsa nega buni jabrini biz tortishimiz kerak?

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:17 0:00
Бевосита линк

"Letniy sad" xodimlariga ko‘ra, reydchilar kafe anjomlarini tepib sindirgan.
"Letniy sad" xodimlariga ko‘ra, reydchilar kafe anjomlarini tepib sindirgan.

“Letniy sad” klubidan sal nariroqdagi “Vachach” klubida ham 14 avgust kungi reydlar payti klub xodimlari kaltaklangan. Klubning ismi aytilmasligini so‘ragan xodimi bunday dedi:

- Ular kech 11 ga yetmasdan kelishdi, restoranimiz ishlayotgandi, chunki hali soat 11 ham bo‘lmagandi. Ularni soati noto‘g‘rimi, bilmayman, "nega yopilmadingizlar", deb qo‘pollik qilishdi. Xodimlarimiz hech qanaqa qarshilik qilishmadi. Lekin, yerga bosib, urib, sudrab avtobusga olib ketishdi. Avtobusda ham kaltaklashdi.

Toshkendagi "Vachach" kafesi milliy taomlari bilan tanilgan.
Toshkendagi "Vachach" kafesi milliy taomlari bilan tanilgan.

Toshkent shahar Ichki ishlr boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayovsiz reydlar videotasvirlari yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

25 yoshli sport ustasi Jamshid Kenjaev o‘tgan chorshanba kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" klubi tashqarisida klub qo‘riqchilari bilan mushtlashishi va pichoqlanishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

"Aurum 898" klubidagi 8 avgust kungi qonli hodisa ortidan poytaxtdagi klublarga kech soat 11 dan keyin ishlamaslik haqida og‘zaki buyruq berilgan.

"Vachach" kafesi xodimiga ko‘ra, "barcha kafelarga og‘zaki buyruq Vazirlar Mahkamasi tarafidan berilgan, mazkur vaziyatni tartibga solish borasida Vazirlar Mahkamasining qarori ham ishlab chiqilayotgani haqda aytilgan":

-11gacha deyishdi. Mana bu hodisadan so‘ng qo‘rqib qoldik, 10.30 da yopayapmiz. Lekin, qiyin bo‘lyapti. Chunki, odamlar 8 da ishdan bo‘shaydi, 9 da bizga keladi, endi ovqatni yeyman deb turganda, "bo‘ldi yopamiz, chiqinglar" demaysizku. Lekin, baribir shu buyruqqa amal qilyapmiz, o‘ylaymiz hammasi iziga tushib ketadi, deb. Chunki burga deb ko‘rpaga o‘t qo‘yish noto‘g‘ri.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:15 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, reydlar ortidan Toshkentdagi bir qancha klublar, jumladan mashxur "Luxor" tungi klubi yopilgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi qotilliklarning 16 foizi mast holda sodir etilmoqda.

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjaev Toshkentdagi Aurum 898 tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgani, tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.​

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan qo‘riqchilarning 3 nafari - 29 yoshli Shodali Qilichev, 24 yoshli Saidazim va 26 yoshli Jahongir qo‘lga olingan.

Ayni vaqtda Yunusoboddagi Aurum 898 tungi klub vaqtincha yopib qo‘yilgan.

XS
SM
MD
LG