Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 23:22

OzodDayjest: Ichki ishlar xodimi 23 yoshli mahbubasini o‘ldirdi


“Obod qishloq” dasturi ijrosida ko‘zbo‘yamachilik fosh bo‘ldi. Ichki ishlar xodimi 23 yoshli mahbubasini shafqatsizlarcha o‘ldirdi.Toshkent viloyat sudi marhuma tomonidan uy “cotilishi” jinoyatiga ko‘z yummoqda. Joriy haftada mahalliy matbuot mana shunday mavzularni yoritdi.

Yangiyo‘lda “Obod qishloq” dasturi ijrosida ko‘zbo‘yamachilik fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani rahbariyati “Obod qishloq” dasturi ijrosida ko‘zbo‘yamachiliklar qilayotgani fosh bo‘ldi (“Oila davrasida”, 16 avgust).

Mazkur dasturga ko‘ra, tumanning Chortoq qishlog‘idagi 800 metr gaz quvuri ta’mirlanishi va gaz taqsimlash uskunasi o‘rnatilishi, qariyb 6 km ichki yo‘llar sozlanishi, 1,5 km ichimlik suv quvurlari tuzatilishi, 115 ta yog‘och elektr tayanch temir-betonga almashtirilishi belgilangan.

Ammo berilgan va’dalar havoga uchgan, belgilangan ishlar qo‘l uchida bajarilmoqda. Umidlari puchga chiqqan Chortoq aholisi esa hamon muammolar girdobida qolmoqda.

Ichki ishlar xodimi 23 yoshli mahbubasini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Ichki ishlar tizimida bir yarim yil davomida ishlab kelgan 22 yoshli Po‘lat Turg‘unboev qotillikka qo‘l urdi (“Darakchi”, 16 avgust).

P.Turg‘unboev Guliston davlat universiteti talabasi bo‘lgan Nilufar ismli qiz bilan gaplashib yurgan. Bu orada yigit qarzga “Epika” mashinasini xarid qilgan.

Qarzni qaytarish uchun pul topolmay qolgan paytda esa “Spark” mashinasini haydaydigan mahbubasi Nilufarni o‘ldirish va uning avtomobilini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

P.Turg‘unboev Toshkentga xolasining uyiga kelgan Nilufarni aldab Bo‘stonliq tumaniga olib borgan va tanishi Bobur Umarov yordamida qizni avval bo‘g‘ib, so‘ng pichoqlab o‘ldirgan.

Jasadni Toshkentga olib kelib, Damariq kanaliga tashlagan. Marhumaning mashinasini esa o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Baxtiyor Alimovga ko‘ra, mudhish jinoyat bir necha kunda fosh etilgan.

Ichki ishlar tizimida ishlagan Po‘lat Turg‘unboev 20 yil, uning hamtovog‘i Bobur Umarov 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Toshkent viloyat sudi marhuma tomonidan uy “sotilishi” jinoyatiga ko‘z yummoqda

Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan Muhammad Shermuhammedov 20 yildan buyon aldov va firibgarlik yo‘li bilan sotib yuborilgan qonuniy haqi – uyini qaytarib ololmayapti (“Jamiyat”, 10 avgust).

U Ibrat mahallasidagi ota uyining yarmini bojasi A.Hasanovga sotgan, qolgan yarmi esa onasi nomida qolgan. Ammo M.Shermuhammedovning kutilmagan fojia sabab qamalib ketishidan foydalangan bojasi qing‘ir yo‘l bilan uyni tortib olgan.

Gap shundaki, M.Shermuhammedovning onasi 1994 yilda vafot etgan. Ammo A.Hasanov Zangiota tuman davlat notarial idorasi notariusi Ismoil Asqarov bilan til biriktirib, hujjatlarni soxtalashtirgan holda 1996 yilda uyni o‘zlashtirgan. Ya’ni M.Shermuhammedovning 1994 yilda vafot etgan onasi oradan ikki yil o‘tib, A.Hasanovga uyni “sotgan”.

Ushbu noqonuniy holat yuzasidan jabrlanuvchi M.Shermuhammedov fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumani va Toshkent viloyati sudlariga murojaat qilgan. Ammo sudlar marhuma tomonidan uy “sotilishi” jinoyatiga ko‘z yummoqda. O‘lgan odam nomidan uy rasmiylashtirgan notarius ham jazosiz qolmoqda.

XS
SM
MD
LG