Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 16:03

Putin bilan Merkel uchrashuvi: Ukraina, Suriya, Eron mavzusida fikr almashildi


Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 18 avgust kuni Mezeberg qal’asi tashqarisida suhbatlashmoqda.

Kreml tarqatgan xabarga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Berlin tashqarisidagi uchrashuvi chog‘ida “o‘ta jiddiy va batafsil” muzokara o‘tkazgan. Ular Ukraina, Suriya, Eron va muhim gaz quvuri yotqizish loyihasi yuzasidan fikr almashgani xabar qilindi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki rahbarning Berlin shimolida joylashgan Mezeberg qal’asidagi uchrashuvi haqida 18 avgust kuni ertalab qisqa ma’lumot berdi.

Ikki rahbarning muzokarasidan so‘ng matbuot konferensiyasi bo‘lmasligi va biror rasmiy bayonot berilmasligi oldindan aytilgan edi.

Peskovga ko‘ra, Merkel bilan Putin Ukrainadagi vaziyat xususida “umumiy fikr almashgan” hamda “Minsk kelishuvlari” bajarilmayotganidan taassuf bildirgan.

2014 yil sentabri va 2015 yil fevralida erishilgan bitimlar Ukraina sharqidagi mojaroni hal etishga qaratilgan.

Yana Peskovning aytishicha, ikki rahbar Suriyadagi fuqarolar urushiga barham berish yuzasidan Rossiya, Germaniya, Fransiya va Turkiya ishtirokidagi to‘rt tomonlama muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

Merkel uchrashuv oldidan Putin bilan Ukraina va Suriyadagi mojarolar, shuningdek, Eron va “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasini muhokama qilmoqchi ekanini, yana inson haqlari va ikki tomonlama munosabatlar haqida gaplashib olishini aytgan edi.

“Shimoliy oqim-2”

Merkel Boltiq dengizi tubi orqali Rossiya gazini Germaniyaga yetkazib berishga mo‘ljallangan “Shimoliy oqim-2” loyihasi haqida so‘z yuritar ekan, “Ukraina “Shimoliy oqim-2” loyihasi ishga tushgandan so‘ng ham gazni Yevropaga uzatishdagi muhim rolini saqlab qolishi kerak”, deya ta’kidladi.

U Yevropa Ittifoqi, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ayni masala muhokamasi boshlanganini olqishladi.

Putin Rossiya gazining Ukraina hududidan Yevropaga uzatilishini davom ettirish Moskvaning iqtisodiy manfaatlariga mos kelishini, “Shimoliy oqim-2” esa sof iqtisodiy loyiha ekanini aytdi.

AQSh gaz quvuri qurilishiga qarshi bo‘lib kelmoqda. Rasmiy Vashington loyiha Germaniyaning Rossiya gaziga qaramligini oshiradi, deb iddao qilmoqda.

Peskov ushbu loyiha ham muzokara chog‘ida muhokama qilinganini tasdiqladi.

‒ Putin ham, Merkel ham loyihani siyosiylashtirish mutlaqo noto‘g‘ri, degan fikrni bildirdi, ‒ dedi u.

Rossiya rahbari uchrashuv oldidan Eron bilan 6 ta yetakchi mamlakat o‘rtasida 2015 yili imzolangan yadro dasturi bo‘yicha bitimni ham muhokama qilishini bildirgan, Merkel esa 17 avgust kuni Putin bilan muzokarasidan ko‘p narsa kutmaslik kerakligidan ogohlantirgan edi.

XS
SM
MD
LG