Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:18

Jizzax internatida o‘qituvchilar "o‘lik shtatlar" uchun farroshlik qilmoqda


Jizzax viloyati ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Jizzax viloyati ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Jizzax viloyatidagi Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 20 ga yaqin o‘qituvchisi direktor tomonidan maktab hududidagi og‘ir ishlarni qilishga majburlanayotgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

Maktab-internat direktori Ozodlik bilan suhbatda o‘qituvchi va tarbiyachilarni yantoq chopish va g‘isht tashish kabi ishlarga jalb qilinganini bir tasdiqlab, bir inkor qildi.

Bundan avvalroq o‘qituvchilar bu ishlarni bajarishga mas’ul qilingan bog‘bon, hovli supuruvchi shtatlari “o‘lik shtat” sifatida turgani va bu shtatlarga to‘langan maosh o‘zlashtirilgani haqida prokuraturaga shikoyat qilgan va ularga Jizzax shahar prokuraturasining bu holat bo‘yicha jinoyat ishi ochgani bildirilgan.

Jizzax viloyati Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘qituvchilari tomonidan Ozodlikka 16 avgust kuni jo‘natilgan videolarning birida ayol o‘qituvchi va tarbiyachilarning yantoq chopayotgani, boshqasida esa g‘isht tashiyotgani aks etgan.

ЖИЗЗАХ – "Ўқитувчиларни таҳқирлайдиган мактаб раҳбарияти энди мажбурий меҳнатга жалб этмоқда"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:27 0:00
Бевосита линк

Videotasvirdagi manzarani Ozodlikka ismi sir qolish sharti bilan tushuntirgan o‘qituvchilardan birining aytishicha, maktab direktori Baxtiyor Sharipov ta’tildan qaytgan "to‘rt muchasi sog‘" muallim va tarbiyachilarning hammasini maktab hovlisida va stadionida o‘sib ketgan yantoqni chopishga majburlagan.

“Ta’tildan qaytgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni iyul oyining oxiri va avgust oyi davomida direktor itday ishlatdi. Jazirama issiqda qanchamizning mazamiz qochib qoldi. Direktor o‘tirib, dam olayotganimizni ko‘rib qolsa yana “nega hammang k...tingni to‘nqaytirib o‘tiribsan, sassiqlar, padaringga la’nat”, deb haqorat qilib baqiradi. Kuni-kechagi shanbalikda ham shunday haqorat qildi. To‘g‘ri, maktab bizniki, lekin maktab hovlisiga qaraydigan bog‘bon bor, boshqa ishchilar bor. Lekin bu “o‘lik shtatlar”. Chunki bu shtatlarga kimdir maosh olayaptiyu, lekin ishini qilmaydi. Baloga qolgan esa o‘qituvchiyu tarbiyachilar”, deydi o‘qituvchi.

Maktab-internat o‘qituvchilari majlislarda direktorning o‘qituvchilarni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani audioyozuvlarni ham Ozodlikka jo‘natdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:36 0:00
Бевосита линк

Bu audioyozuvlarda direktorning ovozi deb iddao qilinayotgan shaxs o‘qituvchi va tarbiyachilarni:

“Qanaqa odamsanlarey, qanaqa quturgan odamsanlar!? Padaringga la’nat! Iflos!”, deb haqorat qiladi.

O‘qituvchilar - g‘isht tashimoqda

Жиззахда мактаб-интернат ўқитувчилари ғишт ташиябди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:39 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka yuborilgan ikkinchi videoda maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan ayol tarbiyachi va o‘qituvchilar g‘isht tashishga majburlangani aks etgan.

Ismi sir qolishini so‘ragan tarbiyachilardan biri Ozodlikka o‘zining ham o‘sha kuni g‘isht tashishga majburlanganlar orasida ekanini aytadi.

“Xotiram pand bermasa, g‘isht tashittirish 2 avgust kuni bo‘lgan edi. Maktab hovlisida g‘isht uyumi bor edi. Direktor o‘shani avval tualetning oldiga tashittirdi. Keyin bu ham unga yoqmadimi, keyin bu yoqqa tashiysizlar dedi. Yana hammamiz o‘lib devorning orqasiga tashidik”, deydi o‘qituvchi.

"O‘lik shtatlar"

Ozodlik suhbatlashgan o‘qituvchilar nogironlar uchun maxsus bu maktab-internatda hovli tozaligini ta’minlaydigan ish shtatlari borligi, lekin bu shtatlardagi “o‘lik jonlar”ning maosh olib¸ hech qanday ish qilmasligini iddao qildi.

O‘qituvchilarga ko‘ra¸ ular maktab-internet direktori Baxtiyor Sharipovning noqonuniy ishlari yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasiga ariza yozgan.

Jizzax viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xulosasi
Jizzax viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xulosasi

Ularga ko‘ra¸ bu ariza yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasidan tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan.

O‘qituvchilar ta’kidicha¸ boshqarma bo‘lim boshlig‘i Zokir Zulfiqorov maktab-internatda tekshirish o‘tkazib, so‘nggi besh yilda 12 ish shtatida egallagan vazifalari boshqalar tomonidan bajarib kelingani yoki bajarilmagan ish o‘rinlari va ularga hisoblangan ish haqlari borligini aniqlagan.

"O‘lik shtat"lar ro‘yxati
"O‘lik shtat"lar ro‘yxati

​Bu “o‘lik shtat”lar ro‘yxatida bir nafar hovli supuruvchi, uch nafar farrosh va boshqa kasb egalarining ism-shariflari keltirilgan.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Umarovning maktab-internat pedagog xodimlari shikoyatiga 2018 yil 4 iyulda yozgan javob xatida, ular shikoyatida keltirilgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilgan.

“Jizzax viloyati Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshirishda maktab-internat mansabdor shaxslari tomonidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishda jiddiy qonun buzilishlari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Ruspublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3 qismi, “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilgan”, deyiladi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining javob maktubida.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ tergov amaliyotlari borayotgani va talon-tarojda ayblanayotganiga qaramay¸ maktab-internat direktori o‘z vazifasida qolmoqda.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari javobi
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari javobi

"Ishlagan bo‘lsa, o‘zimizning maktab uchun ishlashgan"

Jizzax viloyati Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori Baxtiyor Sharipov Ozodlik bilan 22 avgust kungi suhbat boshida, o‘qituvchi va tarbiyachilarni majburiy ishlarga jalb qilinganini inkor qilishga urindi:

- Hech kim o‘qituvchini ishlatgani yo‘q u yerda, o‘zimizning texnichkalarimizku bari. Maktabning hovlisida ishlayaptiku. Hammasi oylik olayapti, dedi direktor.

Ozodlik o‘qituvchi va tarbiyachilar aks etgan video borligini aytganidan so‘ng, Baxtiyor Sharipov bu ishlarni bajaradigan shtati yo‘qligi uchun ularni ishlatayotganini bir tan olib, bir inkor qila boshladi:

- O‘qituvchi, tarbiyachi otpuskadan qaytgandan so‘ng, men o‘zimni muassasamni kimga qildiray? Bizda bog‘bon shtati yo‘q. Bizga har bir kvadratga bizga texnichka bergan, uborshitsa bergan, o‘shalar qilayaptiku. Hech qanday o‘qituvchi yoki tarbiyachi chiqarilgani yo‘q. Bular meni ishdan ketkazish uchun atayin qilishayapti, o‘zlari choptirtirib, atayin orqasidan videoga olishayapti. Men topaman hali ularni, skritiy kamerada olgan bo‘lsa ham. Qilishgan bo‘lsa¸ o‘zimizni maktab tozaligi uchun qilishgan, birov ko‘chadan kelib tozalab bermaydiku, dedi maktab-internat direktori Baxtiyor Sharipov.

Direktor Ozodlik muxbiriga prokuratura aniqlagan "o‘lik shtat"lar haqida izoh berishni istamadi.

Vazirlar Mahkamasi 2018 yilning 10 mayida “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qarorni qabul qilgan edi.

Ammo viloyatlarda bu qarorning ijro etilmayotganiga oid Ozodlikka xabarlar kelishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG