Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:11

Bekobod metkombinatida ota-bola kanalizatsiya qudug‘ida gazdan zaharlanib o‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Bekobod metallurgiya kombinatining ishchisi va uning o‘g‘li - kanalizatsiya qudug‘ida gazdan zaharlanib, kasalxonada vafot etgan ota-bola - 23 avgust kuni dafn etildi.

18 kuni sodir bo‘lgan bu voqeada zaharlangan yana 3 kishi kasalxonada qolmoqda.

Kombinat texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ishunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Bekobod metallurgiya kombinatining ismi sir qolishini so‘ragan ishchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, voqea 18 avgust kuni sodir bo‘lgan:

“Metallurgiya kombinatiga karashli vodazabor sexida yer ostida kanalizatsiya trubalari o‘tgan bo‘lib, katta nasoslar yordamida so‘rish va haydash ishlari amalga oshiriladi. 60 yashar ishchimiz Ergash Alimov navbatchilik vaqtida nasoslar joylashgan kolodetsga tushgan, lekin u yerda yig‘ilib qolgan zaharli gazdan hushidan ketgan. Uning kombinatda ishlamaydigan 33 yashar Sherzod ismli o‘g‘li dadasini ishdan olib ketish uchun mashinada kombinatga kelgan. Dadasini so‘raganda, boshqa ishchilar kolodetsga tushib ishlayotganini aytgan. U ham kolodetsga borib, dadasini chaqiradi, lekin hech kim javob bermaydi. Keyin o‘zi tushadi va hushsiz dadasini olib chiqishga harakat qiladi. Lekin, o‘zi ham hushidan ketib yiqiladi”.

Ismi sir qolishini so‘ragan kombinat ustalaridan birining aytishicha, shundan so‘ng ota-bolani quduqdan olib chiqishga harakat qilgan yana uch kishi ham zaharlangan:

“Ishchilar ota-bolani olib chiqish uchun o‘zlari mustaqil harakat qilishadi, lekin ulardan uch nafari ham gazdan zaharlanadi. Axiyri, avtokran olib kelib, hammalarini bitta-bitta chiqarib olishadi. Ota bilan bola kasalxonada o‘ziga kelmay birin-ketin vafot etdi. Ularning janozasi 23 avgust kuni Bekobodning Sputnik dahasida bo‘lib o‘tdi. Qolganlar esa kasalxonada, davolanmoqda”.

Kombinat texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abramov bu fojiada ota-bola halok bo‘lganini tasdiqladi:

“Lekin men bu voqea tafsilotlari haqida sizga ma’lumot berishga haqqim yo‘q. Rahbarlar bilan maslahatlashay, keyin o‘zim xabar beraman”.

Ammo, Dilshod Abramov Ozodlikka qaytib aloqaga chiqmadi.

O‘zbekistonda yer osti ishlarini amalga oshirishda gazdan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib turadi.

2016 yilning avgust oyida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 10 kishi gazdan dimiqib o‘lgan edi. Muhandis, santexnik va quruvchilar yer ostidagi suv motorlari nosozligini to‘g‘irlash uchun 6 metr chuqurlikka birin-ketin tushib, suv sathida yig‘ilib qolgan gazdan dimiqib halok bo‘lgan edi.

2015 yilning 13 dekabr kuni “Vodiygazta’minot” unitar korxonasining to‘rt nafar xodimi Farg‘ona shahridagi gaz quvuri quduqlaridan biriga tushib, ishlayotgan payti gazdan zaharlanib o‘lgan edi. To‘rt gazchining o‘limiga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani aytilgandi.

XS
SM
MD
LG